O'zbekiston

Surxondaryoda sel qishloqni yuvib ketdi

Sel-suv toshqinidan jabr ko‘rganlarga yordam qilish ishlari boshlandi.

Surxondaryoda sel qishloqni yuvib ketdi

24-may kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumaniga kelgan kuchli sel qishloqni yuvib ketdi. 

 

Ma’lum qilinishicha, shu kunning o‘zida tuman hokimligi tomonidan Arg‘amchi qishlog‘i hamda O‘rmonchi qishlog‘ida yuzaga kelgan sel-suv toshqinidan jabr ko‘rganlarga yordam qilish ishlari boshlandi.

 

“Hammaga yordam ko‘rsatamiz. Mana men tuman hokimi sifatida hech kimni xafa qilib qo‘ymadim. Bironta odamni ko‘chada qoldirmadim. Yordam beramiz. Xudoga shukur, muhtaram prezidentimiz pulni berganlar, mablag‘ bor, hammasi joyida”, — dedi tuman hokimi.

 

23-may kuni ham Samarqand viloyatining qator hududlarida kuzatilgan kuchli yomg‘ir oqibatida ayrim ko‘chalarda suv to‘planishi va toshqin holatlari yuzaga kelgandi.

 

Viloyat hokimi Adiz Boboyev vaziyatni joyiga chiqib o‘rganish maqsadida tegishli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Samarqand shahridagi Chuquryo‘l ko‘chasida bo‘lib, bunday holatlar takrorlanishining oldini olish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar bergandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Surxondaryoda sel qishloqni yuvib ketdi | Zamon.uz