O'zbekiston

O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun soliqlar yengillashadi, tekshiruvlar tartibi soddalashtiriladi

2026-yil 1-iyundan kichik biznes uchun umumiy soliq rejimiga o‘tishdagi chegaraviy miqdorni 1 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mga oshirish taklif qilindi.

O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun soliqlar yengillashadi, tekshiruvlar tartibi soddalashtiriladi

2026-yil 1-iyundan O‘zbekistonda kichik biznes uchun soddalashtirilgan soliq rejimi chegarasi kengaytirilishi, bir qator soliq yengilliklari joriy etilishi hamda tekshiruvlar va ma’muriy jarayonlar qisqartirilishi kutilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev kichik biznes subyektlari o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy sharoitlar yaratishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Taqdimotga ko‘ra, kichik biznes uchun soddalashtirilgan soliq rejimi chegarasi 1 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bu o‘zgarish ko‘plab tadbirkorlarning QQS va foyda solig‘iga erta o‘tish jarayonini yengillashtirishi hamda faoliyatni kengaytirish imkonini berishi kutilmoqda.

 

Shuningdek, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari uchun 6 foizlik soddalashtirilgan QQS tartibi joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Past xavfli tadbirkorlar uchun QQS qaytarish jarayoni to‘liq avtomatlashtiriladi.

 

Amaldagi tartiblarga muvofiq, QQS guvohnomasini vaqtincha to‘xtatish amaliyoti bekor qilinishi, soliq auditi hamda sayyor tekshiruvlarga cheklovlar joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, bank hisobvaraqlarini ochish va ayrim moliyaviy jarayonlarni raqamlashtirish choralari ham amalga oshiriladi.

 

Kichik biznes subyektlariga nisbatan ma’muriy bosimni kamaytirish maqsadida tadbirkorga xatolarni mustaqil tuzatish imkoniyatini berish hamda soliq xavfi 500 million so‘mgacha bo‘lgan holatlarda soliq auditi, 100 million so‘mgacha bo‘lganda esa sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazmaslik tartibini joriy etish taklif qilindi.

 

Qayd etilishicha, ushbu islohotlarning asosiy maqsadi kichik biznesni “soya” iqtisodiyotidan chiqarish, aylanmani yashirish ehtiyojini kamaytirish hamda tadbirkorlar uchun adolatli va soddalashtirilgan biznes muhitini yaratishdan iborat.

 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi yengilliklar 600 mingdan ortiq kichik biznes subyektining qonuniy ravishda kengayishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrif buyurdi. Hududda infratuzilmani yangilashga 55 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Prezident qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligida yangi faoliyat va tuzilmalar tashkil etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva tabiatni asrash va unga mehr bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usini yosh avlodga singdirish muhimligini ta’kidladi.

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

Samarqandda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress o‘tkazilmoqda.

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Natijalar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, ehtiyojga qarab psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Kamchiliklarning asosiy qismi boshqa tillarda yozilgan peshlavha va reklamalarga, shuningdek, imloviy xatolar hamda so‘zlar ma’nosining buzilishiga taalluqli.

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Hujjatga muvofiq, alifbodagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi.