Jahon

Rossiya armiyasi Kiyevga tizimli zarbalar berishni boshlaydi — Lavrov

Lavrov va Rubio Ukraina mojarosi hamda diplomatik aloqalarni muhokama qildi.

Rossiya armiyasi Kiyevga tizimli zarbalar berishni boshlaydi — Lavrov

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSH davlat kotibi Marko Rubio o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Ukraina mojarosi, Hormuz bo‘g‘ozidagi vaziyat hamda Rossiya va AQSH diplomatik vakolatxonalari faoliyati masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Rossiya TIV xabar berdi.

 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, suhbat davomida Sergey Lavrov AQSH tomoniga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin topshirig‘iga ko‘ra, Kiyev rejimining Rossiya hududidagi tinch aholi va fuqarolik obyektlariga qarshi davom etayotgan hujumlariga javoban Rossiya Qurolli Kuchlari Kiyevdagi Ukraina Qurolli Kuchlari ehtiyojlari uchun foydalanilayotgan obyektlar hamda qaror qabul qilish markazlariga tizimli zarbalar berishni boshlayotgani haqida ma’lumot yetkazgan.

 

Lavrov 25-may kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotni ham eslatib, unda AQSH va Kiyevda vakolatxonalari mavjud boshqa davlatlarga diplomatik xodimlari hamda fuqarolarini Ukraina poytaxtidan evakuatsiya qilish tavsiya etilganini bildirgan.

 

Shuningdek, Rossiya tomoni 2025-yil avgust oyida AQSH tashabbusi bilan Ankorijda Ukraina mojarosi yuzasidan erishilgan kelishuvlarni eslatib, Yevropa elitalari va Kiyevning harakatlari ushbu kelishuvlarga putur yetkazayotganini qayd etgan.

 

Suhbat davomida tomonlar Hormuz bo‘g‘ozidagi inqirozni bartaraf etishga qaratilgan diplomatik tashabbuslar hamda Kuba atrofidagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashgan.

 

Ma’lum qilinishicha, Sergey Lavrov va Marko Rubio mavjud kelishmovchiliklarga qaramay, Rossiya va AQSH diplomatik vakolatxonalari faoliyati uchun sharoitlarni normallashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirishga tayyor ekanini tasdiqlagan.

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.