Jahon

Rossiya Davlat dumasi mamlakatni tark etgan fuqarolarning mol-mulkini xatlashga ruxsat berdi

Endilikda ayrim ma’muriy ishlar bo‘yicha jarimani undirish uchun xorijdagi rossiyaliklarning bank hisoblari va boshqa aktivlariga cheklov qo‘yilishi mumkin.

Rossiya Davlat dumasi mamlakatni tark etgan fuqarolarning mol-mulkini xatlashga ruxsat berdi

Rossiya Davlat dumasi mamlakatni tark etgan fuqarolarning mol-mulkini xatlashga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi. Hujjat 26-may kuni ikkinchi va uchinchi o‘qishda bir ovozdan ma’qullandi. Qonun 1-sentyabrdan kuchga kiradi, deya xabar bermoqda DW.

 

Qonunga ko‘ra, Rossiyadan chiqib ketgan fuqarolarning mol-mulki ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha jarimalarni undirishni ta’minlash maqsadida xatlanishi mumkin. 

 

Gap Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 10 dan ortiq moddasi haqida bormoqda. Ular orasida “xorijiy agent” faoliyati qoidalarini buzish, “ekstremistik materiallar”ni tarqatish, Rossiya armiyasini “diskreditatsiya qilish”, “nomaqbul tashkilotlar” faoliyatida ishtirok etish hamda “feyklar” tarqatish bilan bog‘liq moddalar bor.

 

Hujjatga muvofiq, undiruv avvalo bank hisoblari va omonatlardagi mablag‘larga qaratiladi. Mablag‘ yetarli bo‘lmagan taqdirda boshqa mol-mulk xatlanadi. Shu bilan birga, sud mol-mulkni ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqishidan oldin ham xatlashga ruxsat berishi mumkin.

 

Qonunda sudya huquq-tartibot organlarining mol-mulkni xatlash haqidagi iltimosnomasini bir kun ichida va mulk egasini xabardor qilmasdan ko‘rib chiqishi belgilangan.

 

Avvalroq Rossiya parlamenti prezident Vladimir Putinning xorijda qurolli kuchlardan foydalanish vakolatlarini kengaytiruvchi yana bir qonunni ham qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, Rossiya fuqarolari rossiyaliklar ta’qibga uchrayotgan mamlakatlarga Kreml qo‘shin kiritishi mumkin bo‘ladi.

custom img

Donald Tramp jinsiy zo‘ravonlik va tuhmat ishi bo‘yicha 5 million dollar tovon puli to‘ladi

Trampning apellyatsiya doirasidagi e’tirozlari rad etilib, sud qarori bilan yozuvchi va jurnalist Elizabet Kerrollning yuridik firmasiga mablag‘ o‘tkazildi.

custom img

Rossiyaga kelgan migrantlarning telefon sotib olishi majburiy qilinishi mumkin

Migrantlarning joylashuvini nazorat qilish uchun mobil telefon va elektron profil tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Eron juda tez orada mag‘lub bo‘ladi — Tramp

AQSh prezidenti Eron bilan mojaroda g‘alaba yaqin ekanini ta’kidladi.

custom img

“Grin karta” oluvchilar uchun 100 ming dollargacha garov puli talabi joriy etilishi mumkin

Depozit miqdori har bir arizachining holatiga qarab o‘zgarishi mumkin.

custom img

“Angliyaga qarshi bahs futboldan kattaroq”: Argentina vitse-prezidenti inglizlarni “qaroqchilar” deb atadi

Viktoriya Vilyarruel Jahon chempionati yarim finalida Angliyaga qarshi bahs oldidan keskin bayonot bilan chiqdi. Skalone uchrashuvga siyosiy tus bermaslikka chaqirdi.

custom img

Eronning sobiq prezidenti Mossad bilan aloqalari uchun hibsga olindi — NYT

Mahmud Ahmadinejodning idorasi esa barcha ayblovlarni inkor etdi.

custom img

Infantinoning FIFA prezidentligi xavf ostida

UEFA tarkibidagi qator federatsiyalar Janni Infantinoga qarshi nomzod topish ustida ishlamoqda, biroq FIFA prezidenti hali ham navbatdagi saylov favoritlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

custom img

“Endi mening uyim yo‘q” — Janubiy Koreya prezidenti

Li Chje Myon ko‘chmas mulk bozorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yagona uyini sotib, endi shaxsiy uy-joyi yo‘qligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"