O'zbekiston

“Toshkent – Samarqand” yangi avtomobil yo‘lida 60 ta tunelli o‘tish joyi quriladi

Ushbu yo‘lning umumiy uzunligi 282 kilometr bo‘lib, loyihaviy tezlik 150 kmni tashkil qiladi.

“Toshkent – Samarqand” yangi avtomobil yo‘lida 60 ta tunelli o‘tish joyi quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev transport infratuzilmasini rivojlantirishga doir taqdimot bilan tanishib, “Toshkent – Samarqand” muqobil avtomobil yo‘li loyihasi va uning texnik yechimlari yuzasidan topshiriqlar berdi.

 

Taqdimotda qayd etilishicha, transport infratuzilmasi iqtisodiyot tarmoqlarini o‘zaro bog‘lash, hududlar salohiyatini to‘liq ishga solish hamda aholi va biznes uchun qulaylik yaratishda muhim ahamiyatga ega. 

 

Shu bois mamlakatda avtomobil yo‘llari, aviatsiya, logistika va xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

Asosiy loyiha sifatida “Toshkent – Samarqand” muqobil avtomobil yo‘li qurilishi ko‘rib chiqildi. Ushbu yo‘lning umumiy uzunligi 282 kilometr bo‘lib, u Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarini bog‘laydi.

 

Loyiha I-a toifali, sement-beton qoplamali va har ikki yo‘nalishda uch tasmali harakat yo‘lagi sifatida barpo etilishi rejalashtirilgan. Yo‘lning loyihaviy tezligi soatiga 150 kilometrni tashkil etadi.

 

Loyiha doirasida 12 ta transport yechimi, 60 ta tunnelli o‘tish joyi, 91 ta ko‘prik, 16 ta yo‘l o‘tkazgich, 258 ta drenaj inshooti va intellektual transport tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan. 

 

Bundan tashqari, loyiha doirasida 12 ta terminal, yo‘l bo‘yi infratuzilmasi va vazn o‘lchash tizimlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 

Davlat rahbari salohiyatli investorlar bilan muzokaralarni jadallashtirish hamda qurilish ishlarini qisqa muddatlarda boshlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

Musobaqalarda 90 dan ortiq mamlakatdan 3 mingdan ziyod sportchi ishtirok etmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev nomiga Mustaqillikning 35-yilligi munosabati bilan xorijdan tabrik maktublari kelmoqda

Xorijiy hamkorlar o‘z maktublarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va xalqaro maydondagi faol rolini yuqori baholagan.

custom img

O‘zbek tilini o‘rganish xalqaro darajaga chiqmoqda

Oksford talabalari uchun O‘zbekistonda Yozgi maktab o‘z ishini boshladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘z tabrigida mamlakat rivoji oldida qator yirik vazifalar turganini ta’kidladi.

custom img

Rossiyadan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 12 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Yana 22 nafar bolani O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

custom img

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yong‘in chiqdi

Rekonstruksiya qilinayotgan bino hovlisidagi elektr qutisi yongan.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Bishkek shahriga yetib bordi

“Manas” xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Adilbek Qasimaliyev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

custom img

O‘zbekistonda 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yer silkinishi Gazli shahri, Peshko‘ va Jondor tumanida sezilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"