O'zbekiston

Qurbon hayiti munosabati bilan Prezidentga tabriklar yo‘llanmoqda

Qurbon hayiti munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda siyosiy va diniy arboblardan tabrik maktublari kelmoqda.

Qurbon hayiti munosabati bilan Prezidentga tabriklar yo‘llanmoqda

Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, taniqli siyosiy, jamoat va din arboblaridan tabrik maktublari kelmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, xorijiy hamkorlar o‘z qutlovlarida O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga samimiy hurmat-ehtirom bildirar ekan, yurtimizga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilagan. Shuningdek, ular vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlash, barqaror taraqqiyotga erishish hamda inson qadrini ulug‘lash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholagan.

 

Maktublarda, shuningdek, do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini bundan buyon ham mustahkamlashga qat’iy intilish bildirilgan.

 

Jumladan, quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:

 

  • Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
  • Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
  • Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
  • Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
  • Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
  • Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
  • Qozogʻiston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;
  • Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan;
  • Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
  • Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
  • Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
  • Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri oʻrinbosari, Prezident ishlari boʻyicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;
  • Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri oʻrinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;
  • Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mishʼal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
  • Kuvayt Davlati Valiahdi Shayx Saboh al-Holid al-Hamad as-Saboh;
  • Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;
  • Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq;
  • Bahrayn Podshohi Hamad bin Iso Ol Xalifa;
  • Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbun;
  • Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
  • Saudiya Arabistoni Podshohligi davlat vaziri, Vazirlar Kengashi aʼzosi Turki bin Muhammad bin Fahd bin Abdulaziz Ol Saud;
  • Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;
  • Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
  • Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda.

 

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Qurbon hayiti munosabati bilan Prezidentga tabriklar yo‘llanmoqda | Zamon.uz