O'zbekiston

Tadbirkorlarga QQSni hisoblash va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqi beriladi

Mazkur tartib davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalar hamda yirik soliq to‘lovchilarga tatbiq etilmaydi.

Tadbirkorlarga QQSni hisoblash va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqi beriladi

O‘zbekistonda 1-iyundan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi. Bu 26-may kuni imzolangan “Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada kulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi” prezident farmonida belgilandi.

 

Farmon bilan 2026-yil 1-iyundan boshlab soliq solishning umumbelgilangan tartibiga o‘tish uchun belgilangan chegaraviy miqdor bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ikki ming baravari (4 mlrd 944 mln so‘m) etib belgilanadi.

 

Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-iyundan 2030-yil 1-yanvargacha asosiy faoliyati umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga QQSni hisoblash va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqi beriladi. Mazkur tartib davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalar hamda yirik soliq to‘lovchilarga tatbiq etilmaydi.

 

Farmonga muvofiq, soddalashtirilgan tizimda QQS stavkasi realizatsiya qilinadigan barcha tovar va xizmatlar aylanmasiga nisbatan 6 foiz etib belgilanadi. Shu bilan birga, foyda solig‘i stavkasi 0 foiz bo‘ladi hamda foyda solig‘i hisobotini topshirish majburiyati bekor qilinadi.

 

Bunda tadbirkorlarga sotib olingan tovar va xizmatlar uchun to‘langan QQS summasini hisobga olish huquqi berilmaydi. Amaldagi tizimdagi QQS imtiyozlari, preferensiyalar va soliqning bir qismini qaytarish tartibi ham qo‘llanmaydi. Shuningdek, mavjud salbiy farq summalari hisobdan chiqariladi.

 

Ayni paytda, ushbu tartibdagi tadbirkorlik subyektlaridan mahsulot yoki xizmat xarid qilgan xaridorlar uchun QQS summasini hisobga olish huquqi saqlab qolinadi.

 

Farmonda qayd etilishicha, tadbirkorlar soddalashtirilgan QQS tizimiga o‘tish yoki undan voz kechishni xabarnoma yuborilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan amalga oshiradi. Umumbelgilangan tizimga qaytilganda esa balansdagi tovar-moddiy zaxiralar va uzoq muddatli aktivlar tarkibidagi QQS summalarini hisobga olish imkoniyati yaratiladi.

 

Soliq qo‘mitasiga bir oy muddatda elektron hisobvaraq-fakturalar va xarid cheklarida QQSni 6 foizlik stavka asosida hisoblash hamda uning alohida hisobini yuritish tizimini joriy etish topshirildi.

 

Farmon bilan QQS ma’muriyatchiligini yaxshilashga qaratilgan qator yangiliklar ham nazarda tutilgan. Xususan, QQS to‘lovchisi guvohnomasini vaqtincha to‘xtatib turish tartibi bekor qilinadi. Shuningdek, import bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni majburiy ravishda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish amaliyotidan voz kechiladi.

 

2027-yil 1-yanvardan boshlab soliq xavfi darajasi past bo‘lgan hollarda QQSning salbiy farq summasini qaytarishda inson omilisiz avtomatik tizim joriy etiladi. Bundan tashqari, 10 million so‘mgacha bo‘lgan QQS salbiy farq summalari tadbirkorlarning arizasisiz avtomatik tarzda qaytariladi va bu bilan bog‘liq soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi.

 

Farmon bilan kichik biznes subyektlariga ma’muriy yukni kamaytirish choralari ham belgilandi. Unga ko‘ra, 2028-yil 1-yanvargacha tadbirkorlarga avtomatlashtirilgan dastur orqali aniqlangan soliqqa oid xatolarni mustaqil ravishda tuzatish imkoniyati yaratiladi.

 

Bunda soliq xavfi summasi 500 million so‘mgacha bo‘lsa soliq auditi, 100 million so‘mgacha bo‘lsa sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilmaydi.

 

Shuningdek, 2026-yil 1-iyuldan boshlab kameral soliq tekshiruvlari bo‘yicha tushuntirish yoki tuzatish taqdim etilgan hollarda soliq to‘lovchilarning bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni faollashtirish jarayoni to‘liq avtomatlashtiriladi.

 

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrif buyurdi. Hududda infratuzilmani yangilashga 55 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Prezident qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligida yangi faoliyat va tuzilmalar tashkil etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva tabiatni asrash va unga mehr bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usini yosh avlodga singdirish muhimligini ta’kidladi.

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

Samarqandda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress o‘tkazilmoqda.

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Natijalar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, ehtiyojga qarab psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Kamchiliklarning asosiy qismi boshqa tillarda yozilgan peshlavha va reklamalarga, shuningdek, imloviy xatolar hamda so‘zlar ma’nosining buzilishiga taalluqli.

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Hujjatga muvofiq, alifbodagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi.