Jahon

Zelenskiy Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda 120 shaxs va tashkilotga qarshi cheklovlarni kuchga kiritdi

Yangi sanksiyalar Rossiya, Belarus, BAA, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekistonga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Zelenskiy Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda 120 shaxs va tashkilotga qarshi cheklovlarni kuchga kiritdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ikki farmonni imzolab, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining Yevropa Ittifoqi sanksiyalari bilan muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi qarorini kuchga kiritdi. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni ma’lum qildi.

 

Rasmiy bayonotga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining 20-sanksiya paketi doirasida amalga oshirilgan muvofiqlashtirish 120 nafar shaxs va tashkilotni qamrab oladi hamda Rossiya iqtisodiyotining asosiy tarmoqlariga yo‘naltirilgan iqtisodiy cheklovlarni o‘z ichiga oladi.

 

Qayd etilishicha, yangi sanksiyalar Rossiya, Belarus, BAA, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston hamda Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarda faoliyat yuritayotgan jami 16 nafar jismoniy shaxs va 31 ta kompaniyaga nisbatan qo‘llaniladi. Shuningdek, Eronning 19 nafar fuqarosi va 11 ta kompaniyasi ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.

 

Sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiyaning strategik korxonalari rahbarlari, byudjet muassasalari vakillari, armiyaning ayrim bo‘linmalari hamda vaqtincha bosib olingan hududlarda Rossiya manfaatlariga xizmat qilayotgan shaxslar kiritilgan.

 

Bundan tashqari, ro‘yxatdan Rossiya harbiy-sanoat majmuasi korxonalari, radioelektron kurash tizimlari ishlab chiqaruvchilari, dronlar uchun dasturiy ta’minot va ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, shuningdek neft, gaz va oltin qazib olish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar ham o‘rin olgan.

 

Xususan, aerokosmik mahsulotlar va dron komponentlari ishlab chiqaruvchi “Atlant Aero” hamda aloqa tizimlari va BPLA uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi “IRZ-Svyaz” kompaniyalariga nisbatan cheklovlar joriy etilgan.

 

Shuningdek, BAAdagi ayrim kompaniyalar — laboratoriya uskunalari, kimyoviy mahsulotlar hamda tijorat samolyotlari uchun ehtiyot qismlar yetkazib beruvchi tashkilotlar ham sanksiyalar ostiga tushgan. Belarusdagi neft eksport qiluvchi kompaniyaga ham cheklovlar qo‘llanilgan.

 

Ukraina uch nafar Rossiya fuqarosiga ham sanksiyalar joriy qildi. Ular orasida prokuror Lyudmila Balandina, sudya Dmitriy Gordeev hamda targ‘ibotchi Mariya Sittel bor. Ular repressiyalar va dezinformatsiya tarqatish bilan bog‘liq faoliyatda ayblangan.

 

Shuningdek, Eronning 19 fuqarosi va 11 kompaniyasi ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ular Eronning ballistik raketalar va dronlar ishlab chiqarish dasturlari bilan bog‘liq faoliyat yuritadi.

 

Ukraina prezidentining sanksiyalar siyosati bo‘yicha vakili Vladislav Vlasyukning aytishicha, Kiyev Yevropa Ittifoqi va hamkorlar bilan sanksiya rejimlarini uyg‘unlashtirishni davom ettirmoqda hamda Rossiya va uni qo‘llab-quvvatlayotganlarga bosimni kuchaytirish rejalashtirilgan. U, shuningdek, Yevropa Ittifoqining 21-sanksiya paketi ustida ham ish olib borilayotganini bildirgan.

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.