Jahon

AQSH va Eron 300 milliard dollarlik investitsiya jamg‘armasini tashkil etishni muhokama qilmoqda

Mazkur mablag‘lar Eronni tiklash, infratuzilmani modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi.

AQSH va Eron 300 milliard dollarlik investitsiya jamg‘armasini tashkil etishni muhokama qilmoqda

AQSH va Eron o‘rtasida davom etayotgan muzokaralar doirasida Eronni tiklashga qaratilgan yirik investitsiya jamg‘armasini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda The New York Times nashriga tayanib, Interfaks xabar berdi.

 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim eronlik amaldorlar va diplomatlar jamg‘arma hajmini 300 milliard dollarga baholamoqda. Biroq muzokaralarda ishtirok etayotgan boshqa rasmiylar ushbu raqamni hozircha tasdiqlamagan.

 

Manbalarga ko‘ra, Eron tomoni mazkur tashabbusni yakuniy kelishuv imzolangan taqdirda mamlakatni iqtisodiy tiklashga qaratilgan “qayta qurish dasturi” sifatida baholamoqda. Avvalroq Tehron harbiy zarbalar oqibatida yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya talab qilgan, ayrim eronlik rasmiylar zarar miqdorini 300 milliard dollardan 1 trillion dollargacha deb baholagan edi.

 

Ikki diplomatning ma’lum qilishicha, rejalashtirilayotgan mexanizm xalqaro investitsiya jamg‘armasi shaklida bo‘lib, tomonlar o‘rtasida yakuniy kelishuvga erishilgan taqdirda AQSH uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Jamg‘armaning ishlash tartibi va moliyalashtirish manbalari bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

 

Shuningdek, Eron AQSH kompaniyalari, jumladan yirik neft va energetika korxonalarining mamlakat bozoriga kirishi, investitsiyalar kiritishi hamda qo‘shma loyihalarda ishtirok etishiga ruxsat berish imkoniyatini ham ilgari surgan.

 

The New York Times’ning yozishicha, AQSH va Eron o‘rtasida muhokama qilinayotgan dastlabki kelishuv xorijda muzlatib qo‘yilgan Eron aktivlarining bir qismini bosqichma-bosqich yechib berishni ham nazarda tutishi mumkin. Tehron bu mablag‘lar hajmini 24 milliard dollar deb baholamoqda, shundan qariyb 20 milliard dollari Yaqin Sharq mamlakatlarida bloklangan.

 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH ma’muriyati ichki siyosiy qarama-qarshiliklarning oldini olish maqsadida Eron mablag‘larini muzdan chiqarish jarayoniga uchinchi davlatlarni, jumladan Qatarni jalb etish variantlarini ham ko‘rib chiqmoqda.

 

Manbalar ta’kidlashicha, tayyorlanayotgan kelishuv loyihasida Eron aktivlarini bosqichma-bosqich ozod qilish mexanizmi alohida qayd etilishi kutilmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

AQSH va Eron 300 milliard dollarlik investitsiya jamg‘armasini tashkil etishni muhokama qilmoqda | Zamon.uz