Jahon

Shavkat Mirziyoyev Turkiyadagi avtobus halokati munosabati bilan Erdog‘anga hamdardlik bildirdi

Denizli viloyatida yo‘lovchi avtobusi ishtirokidagi halokat oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 33 kishi jarohatlandi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyadagi avtobus halokati munosabati bilan Erdog‘anga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Denizli viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida insonlar halok bo‘lgani va jarohatlangani sabab Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi xabar berdi.

 

Davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildirib, jabrlanganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini tilagan. 

 

Fojia Denizli viloyatining Sarayko‘y tumanida yuz bergan. Yo‘lovchi avtobusining yo‘l to‘sig‘iga urilishi ortidan transport vositasida yong‘in kelib chiqqan.

 

Turkiya OAVlari ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 8 kishi, jumladan 9 oylik chaqaloq halok bo‘lgan, yana 33 kishi turli darajada tan jarohati olgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi halokatdan taxminan 20 daqiqa oldin transport vositasidagi nosozlik sabab yo‘l chetida to‘xtab, texnik holatini tekshirgan. Shundan so‘ng safarni davom ettirgan, biroq ko‘p o‘tmay avtobus halokatga uchragan.

 

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rasmiylarga tabiiy ofat yetkazgan moddiy zarar yuzasidan qariyb 20 mingta murojaat kelib tushgan.

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dengiz orqali yuk tashishdagi uzilishlar, urushlar va qurg‘oqchilik global oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Fuqarolarga transportdagi ehtimoliy uzilishlar va reyslar bekor qilinishini hisobga olish tavsiya etildi.

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mamlakat dushmanlariga yanada kuchli zarbalar berilishi mumkinligini bildirdi.

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

AQSh Davlat kotibi Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish qiyinligicha qolayotganini bildirdi.

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Sanalar yangi oyning ko‘rinishiga qarab bir kunga oldinga yoki keyinga surilishi mumkin.

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

Aroqchi Netanyaxuni AQShni Eron bilan yangi urushga tortishga urinayotganlikda aybladi.

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

2025-yil oxirida shaharda bu yosh guruhiga mansub 5,29 million kishi yashagan.