Jahon

AQSHda yuqori malakali mutaxassislar uchun “Grin karta” jarayoni yengillashtirildi

Endilikda mutaxassislar ariza topshirish uchun mamlakatni tark etishga majbur bo‘lmaydi.

AQSHda yuqori malakali mutaxassislar uchun “Grin karta” jarayoni yengillashtirildi

 

AQSh yashil karta (doimiy yashash huquqi) olish uchun ariza topshirayotgan yuqori malakali mutaxassislar bo‘yicha talablarni yumshatdi.

 

Bloomberg agentligining AQSh Ichki xavfsizlik vazirligiga tayanib xabar berishicha, yashil karta olish uchun murojaat qilayotgan malakali mutaxassislarga ariza topshirish maqsadida AQSh hududini tark etish talabi tatbiq etilmaydi.

 

Qayd etilishicha, vazirlik avvalroq doimiy rezidentlik maqomini olishni istagan aksariyat vaqtinchalik chet el fuqarolari yashil karta rasmiylashtirish jarayonini davom ettirish uchun o‘z mamlakatlariga qaytishi kerakligini bildirgan edi.

 

Yangi bayonotga ko‘ra, malakali va talabga javob beradigan arizachilar uchun bunday cheklovlar qo‘llanilmaydi hamda ushbu o‘zgarishlar munosib nomzodlarning yashil karta olish imkoniyatlarini cheklamaydi. Shu bilan birga, ayrim toifadagi murojaatchilar hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini AQShning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali boshlashlari talab etilishi mumkin.

 

Ta’kidlanishicha, mazkur o‘zgarishlar amaldagi doimiy qonuniy yashash huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga ta’sir qilmaydi.

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"