Jahon

Eron prezidenti iste’foga chiqadimi?

Mamlakat rasmiylari Masud Pezeshkianning iste’fosi haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

Eron prezidenti iste’foga chiqadimi?

 

Eron prezidenti Masud Pezeshkianning iste’foga chiqishi haqida tarqalgan xabarlar rasmiy ravishda rad etildi.

 

Eron prezidenti ma’muriyati kommunikatsiyalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Mehdi Tabatabaiy ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida ushbu ma’lumotlarni “asossiz mish-mishlar” deb atadi.

 

Uning ta’kidlashicha, ayrim xorijiy ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlar haqiqatga zid bo‘lib, ularni siyosiy maqsadlarda tarqatilgan dezinformatsiya sifatida baholash mumkin.

 

“Bu kabi xabarlar sharmandali xorijiy tarmoqlarning g‘iybatlariga asoslangan. Ular haqiqatni emas, balki o‘z istaklarini e’lon qilmoqda. Prezident xalqiga xizmat qilishni davom ettiradi”, — degan Tabatabaiy.

 

Shuningdek, Eron hukumati axborot siyosati kengashi raisi Elias Hazrati ham Pezeshkianning iste’fosi haqidagi ma’lumotlarni rad etib, ularning asossiz ekanini tasdiqlagan.

 

Ma’lumot uchun, avvalroq ayrim xorijiy media manbalarida prezident Pezeshkian Oliy rahbariyatga iste’fo xati yuborgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Eron rasmiylari bu da’volarni inkor etgan.

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar 2023-yil 7-oktyabr kungi HAMAS hujumi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishini va mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.