O'zbekiston

Prezident “Kmita Polymers” korxonasidagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi

Korxonada yiliga 9,5 million dollarlik import o‘rnini bosuvchi polimer mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Prezident “Kmita Polymers” korxonasidagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida faoliyat yuritayotgan “Kmita Polymers” korxonasiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari va korxonaning istiqboldagi rejalari bilan tanishdi.

 

                                           

 

Rossiyaning “Polymers” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan korxona maxsus va keng assortimentdagi polietilen hamda termoqisqaruvchi plyonka mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Mazkur mahsulotlar oziq-ovqat, farmatsevtika, qurilish materiallari, maishiy texnika va boshqa sanoat tarmoqlarida qadoqlash vositasi sifatida keng qo‘llaniladi.

 

Korxonada Italiyaning zamonaviy texnologik uskunalari asosida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, u 6 ming 670 kvadrat metr maydonni egallaydi. Loyiha doirasida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, yiliga 9,5 million dollarlik mahsulotlarni mahalliylashtirish imkoniyati yaratilgan.

 

                                           

 

Umumiy qiymati 15,2 million dollarga teng bo‘lgan loyiha ikki bosqichda amalga oshirilmoqda. Birinchi bosqichda 7,4 million dollar investitsiya o‘zlashtirilib, 50 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Kelgusida korxona quvvatlari kengaytirilishi va qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 

                                         

 

Ma’lum qilinishicha, 2025-yilda korxonada 115 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Shuningdek, 6 million dollarlik mahsulot Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport qilingan.

 

Bugungi kunda korxona mahsulotlari Coca-Cola, Pepsi, Flash, Chernogolovka, Ackerman, Asl Oyna, Biolife va Family Group kabi yirik brendlarning qadoqlash tizimlarida mahalliy xomashyo sifatida qo‘llanilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                       

 

Tashrif davomida qadoqlash sanoati zamonaviy iqtisodiyotning muhim va tez rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi. Bunday korxonalar nafaqat sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish, balki oziq-ovqat, farmatsevtika, qurilish va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining barqaror faoliyatini ta’minlashda ham muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

Marko Rubio: Saida nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson

Marko Rubio: Saida nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson

AQSh Davlat kotibi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning faoliyatini e’tirof etdi.

Elektr energiyasi importi qisqardi: O‘zbekistonda ishlab chiqarish 8,4 foizga oshdi

Elektr energiyasi importi qisqardi: O‘zbekistonda ishlab chiqarish 8,4 foizga oshdi

Elektr energiyasi eksporti 21,4 foizga oshgan, importi esa 27,2 foizga kamaygan.

Avtobus salonidagi musiqa yuzasidan shikoyat: haydovchiga ogohlantirish berildi

Avtobus salonidagi musiqa yuzasidan shikoyat: haydovchiga ogohlantirish berildi

Avtobus haydovchisining musiqani baland ovozda qo‘yib harakatlangani yo‘lovchilar e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Birida 3 450, boshqasida 1 350 dollar: Umra va’dasi bilan bog‘liq holatlar fosh bo‘ldi

Birida 3 450, boshqasida 1 350 dollar: Umra va’dasi bilan bog‘liq holatlar fosh bo‘ldi

Samarqand va Namanganda fuqarolarni noqonuniy ravishda ziyoratga yuborishni va’da qilib, pul talab qilgan shaxslar ushlandi.

YPX xodimiga bo‘ysunmadi va haqorat qildi: talabalar ishi prokuraturaga oshirildi

YPX xodimiga bo‘ysunmadi va haqorat qildi: talabalar ishi prokuraturaga oshirildi

Samarqandda YPX xodimining to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmay, uni haqorat qilgan texnikum o‘quvchilari aniqlandi.

Farmatsevtlar uchun ham bayram: O‘zbekistonda kasb bayrami nomi o‘zgarishi mumkin

Farmatsevtlar uchun ham bayram: O‘zbekistonda kasb bayrami nomi o‘zgarishi mumkin

Tibbiyot xodimlari kunini Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni deb o‘zgartirish taklif qilindi.

O‘zbekistonda iste’mol tovarlari tekshiruvi: 73 nomdagi mahsulotda kamchilik topildi

O‘zbekistonda iste’mol tovarlari tekshiruvi: 73 nomdagi mahsulotda kamchilik topildi

2026-yilning sakkiz oyida 60 turdagi 558 nomdagi mahsulot laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazildi.

Toshkentda qizamiq xavfi ortdimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkentda qizamiq xavfi ortdimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda qizamiqqa gumon qilingan 290 ta holat va bemorlar bilan aloqada bo‘lgan 10 mingdan ortiq shaxs ro‘yxatga olingani haqida xabarlar tarqaldi.