Jahon

Hindistonda mehmonxona yonib ketti, 21 kishi halok bo‘ldi

Yong‘in binoning birinchi qavatida joylashgan restoranda boshlangan.

Hindistonda mehmonxona yonib ketti, 21 kishi halok bo‘ldi

 

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida mehmonxonada yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Press Trust of India nashri ma’lum qildi.

 

Voqea 3-iyun kuni poytaxtning Malviya Nagar hududida joylashgan besh qavatli mehmonxonada sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in binoning birinchi qavatida joylashgan restoranda boshlangan va tez orada yuqori qavatlarga ham tarqalgan.

 

Rasmiylarning bildirishicha, hodisa vaqtida restoranda taxminan 40 kishi bo‘lgan. Tezkor qutqaruv xizmatlari va o‘t o‘chirish guruhlari voqea joyiga yetib borib, kamida 40 nafar odamni qutqarishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Voqea joyidan olingan tasvirlarda binoni kuchli alanga qamrab olgani, qalin tutun ko‘tarilgani va binoning tashqi qismlari jiddiy zarar ko‘rgani aks etgan. Ayrim guvohlarning aytishicha, odamlar yong‘indan qochishga urinib, binodan sakrashga majbur bo‘lgan.

 

Ayni paytda yong‘in sabablari va holat tafsilotlarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

 

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarga tezroq sog‘ayish tilagan.

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar 2023-yil 7-oktyabr kungi HAMAS hujumi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishini va mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.