Jahon

Tramp Tehronning og‘zaki va’dalarini yetarli emas deb hisoblamoqda

AQSh Eron bilan muzokaralarda yadroviy masalalar yuzasidan yozma kafolatlar talab qilmoqda.

Tramp Tehronning og‘zaki va’dalarini yetarli emas deb hisoblamoqda

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha berayotgan majburiyatlarini yozma ravishda rasmiylashtirish tarafdori ekanini ma’lum qildi. Bu haqda ABC News telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron muzokarachilari Vashingtonga og‘zaki ravishda Tehron yadroviy dasturiga oid bir qator shartlarga rozi bo‘lishini bildirgan. Biroq Oq uyda o‘tkazilgan yig‘ilishda Tramp ushbu kafolatlarni yetarli deb hisoblamagan va yozma majburiyatlar talab qilgan.

 

Telekanalning qayd etishicha, AQSh va Eron o‘rtasida muhokama qilinayotgan o‘zaro anglashuv memorandumi sulh muddatini uzaytirish, Hormuz bo‘g‘ozida kemalar harakatini bosqichma-bosqich tiklash hamda Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha keyingi muzokaralar muddatlarini belgilashni nazarda tutadi.

 

Manbalarga ko‘ra, tomonlar avvalroq Tramp ma’muriyati va Eron rasmiylarini qoniqtiradigan kelishuv loyihasi yuzasidan dastlabki kelishuvga erishgan. Hujjatda Eronning yadroviy qurol ishlab chiqarmaslik bo‘yicha yozma majburiyati aks etgan bo‘lsa-da, mamlakat yadroviy dasturining boshqa jihatlariga oid aniq talablar kiritilmagan.

 

Avvalroq The New York Times nashri Tramp ma’muriyati Eron bilan tuzilishi mumkin bo‘lgan kelishuv shartlarini yanada kuchaytirib, Tehronga yangi takliflar yuborgani haqida xabar bergan edi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"