Jahon

AQSHda 4,5 million dollarlik tovarlarni o‘g‘irlashda gumonlangan o‘zbekistonliklar ushlandi

Gumonlanuvchilar omborlardan sigaretalar, qimmatbaho pishloqlar, go'sht va mis mahsulotlarini olib chiqib ketishgan.

AQSHda 4,5 million dollarlik tovarlarni o‘g‘irlashda gumonlangan o‘zbekistonliklar ushlandi

AQShning Nyu-York shahrida 4,5 million dollarlik tovarlarni o‘g‘irlash bilan bog‘liq yirik firibgarlik sxemasida ishtirok etganlikda gumon qilinayotgan bir guruh o‘zbekistonlik shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda New York Post nashri xabar berdi.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar yuk tashish kompaniyalari tizimlariga noqonuniy kirib, soxta hujjatlar va buyurtmalar orqali omborlardan qimmatbaho mahsulotlarni olib chiqib ketgan. O‘g‘irlangan yuklar orasida sigaretalar, pishloq mahsulotlari, go‘sht va mis kabi tovarlar bo‘lgan.

 

Ma’lum qilinishicha, firibgarlik sxemasi Nyu-Jersi, Pensilvaniya va Virjiniya shtatlaridagi omborlarni qamrab olgan. Keyinchalik noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan mahsulotlar Nyu-Yorkka olib kelinib, sotilgan.

 

Xabarlarga ko‘ra, guruh a’zolari dabdabali hayot kechirgan: Brayton-Bich va Koni-Aylendda qimmat kvartiralar ijaraga olib yashashgan, qimmat mashinalarda yurishgan va tungi klublarda katta miqdorda naqd pul ko‘rsatib yurishgan.

 

"Bu yigitlar oʻzlarini go‘yo barcha mafiya filmlarini tomosha qilib ilhomlangandek va Amerika orzusini Cosa Nostra uslubida yashash orqali amalga oshirishga qaror qilishgan” degan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan biri.

 

Sud materiallariga ko‘ra, jinoiy guruh yetakchisi sifatida ko‘rilayotgan shaxs 11-iyunga qadar hibsda qoldirilgan. Yana ikki gumonlanuvchi ayblovlarni rad etgan va sud nazorati ostida ozod qilingan.

 

Shuningdek, mazkur ish doirasida yana bir necha shaxs avvalroq qo‘lga olingan bo‘lib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Avvalroq, AQSHda noqonuniy poyga uyushtirgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.

custom img

AQSh Eronga tankerlar flotini to‘liq yo‘q qilish bilan tahdid qildi

AQSH urush vazirining so‘zlariga ko‘ra, Eronning tankerlar floti himoyasiz.

custom img

Putin Trampning maxsus vakillari bilan Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi

Biroq uchrashuv yakunida kelishuvga erishilgani yoki sezilarli siljish bo‘lgani haqida ma’lumot berilmadi.

custom img

2023-yildan beri Isroilning Livanga hujumlarida qariyb 9 ming kishi halok bo‘ldi

2-martdan beri tez yordam brigadalariga 179 dan ortiq hujum qayd etilgan, ularda 135 nafar tibbiyot xodimi halok bo‘lgan.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

custom img

Qozog‘istonga pullik elektron kirish ruxsatnomasi viza hisoblanmaydi — ekspert

ETA uchun to‘lov viza to‘lovi hisoblanmaydi, biroq majburiy tartib joriy etilsa, sayohatchilar uchun qo‘shimcha xarajatga aylanishi mumkin.

custom img

Ukraina uch kunlik sulh joriy etdi

5–8 sentyabr davom etadigan sulh AQSh vakillarining Rossiya va Ukraina tashriflari arafasida joriy etilishi kutilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"