O'zbekiston

Dehlidagi yong‘in qurbonlari orasida o‘zbekistonliklar yo‘q — TIV

Mehmonxonada sodir bo‘lgan mazkur yong‘in natijasida 21 kishi halok bo‘lgan edi.

Dehlidagi yong‘in qurbonlari orasida o‘zbekistonliklar yo‘q — TIV

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi Dehli shahrining janubiy qismida joylashgan mehmonxonada yuz bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.

 

3-iyun kuni sodir bo‘lgan mazkur yong‘in natijasida 21 kishi halok bo‘lgan edi. Mahalliy rasmiy manbalarga ko‘ra, qurbonlarning katta qismi Liberiya, Nigeriya, Mozambik va Bangladesh kabi davlatlar fuqarolari hisoblanadi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in mehmonxonaning birinchi qavatida joylashgan restoran hududidan boshlangan bo'lishi mumkin. Binoda yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishi, jumladan, cheklangan chiqish yo‘laklari va ortiqcha xona sig‘imi vaziyatni yanada og‘irlashtirgan.

 

Voqea joyidan 40 dan ortiq kishi evakuatsiya qilingan bo‘lib, ularning bir qismi turli darajada jarohat olgan.

 

O‘zbekiston elchixonasining Konsullik bo‘limi Hindistonning vakolatli organlari bilan hamkorlikda vaziyatni o‘rganib chiqqan va o‘zbekistonliklar orasida jabrlanganlar yo‘qligini tasdiqlagan.

 

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida olib boriladigan rejali ta’mirlash ishlari sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

2026-yilning dastlabki sakkiz oyida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,4 foizga o‘sdi.

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning ota-onalari va murabbiylariga ham minnatdorlik bildirdi.

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.