O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Amin Tojiyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Qoraqalpog‘iston va Orolbo‘yi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan Amin Tojiyev 79 yoshida vafot etdi.

Shavkat Mirziyoyev Amin Tojiyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taniqli davlat va jamoat arbobi, mehnat faxriysi Amin Hamroyevich Tojiyevning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

 

Amin Tojiyev 4-iyun kuni 79 yoshida vafot etgan. U o‘zining ko‘p yillik mehnat faoliyatini mamlakat qishloq xo‘jaligi hamda Orolbo‘yi hududini rivojlantirishga bag‘ishlagan.

 

Faoliyati davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, qishloq xo‘jaligi vaziri, O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i hamda O‘zbekiston davlat agrosanoat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari kabi mas’ul lavozimlarda samarali mehnat qilgan.

 

Marhum 50 yildan ortiq faoliyati davomida Orolbo‘yi mintaqasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, infratuzilmani takomillashtirish va aholi farovonligini oshirishga munosib hissa qo‘shgan.

Jumladan, Tuyamo‘yin–Nukus–Taxtako‘pir sug‘orish tarmog‘i hamda qator muhim ijtimoiy obyektlarni barpo etishda faol ishtirok etgan.

 

Nafaqaga chiqqanidan keyin ham u Qoraqalpog‘istonning ijtimoiy hayotida faol qatnashib, ekologik muhitni yaxshilash, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘nalishlarida samarali faoliyat olib borgan.

 

Amin Tojiyevning mamlakat taraqqiyotiga qo‘shgan xizmatlari yuksak baholanib, u “El-yurt hurmati”, “Do‘stlik”, “Mehnat shuhrati” ordenlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan mexanizator faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.