O'zbekiston

Toshkent metrosida "svet" o‘chib qoldi: harakat to‘xtab qolgan

Elektr ta’minotidagi uzilishlarga Toshkent IESdagi transformator nosozligi sabab bo‘lgan.

Toshkent metrosida "svet" o‘chib qoldi: harakat to‘xtab qolgan

Toshkent metropoliteni ma’lumotiga ko‘ra, 4-iyun kuni soat 12:41 atrofida O‘zbekiston, Chilonzor va Yunusobod yo‘nalishlarida shahar elektr tarmoqlaridagi avariya sabab qisqa muddatli elektr uzilishi yuz berdi. Bu holat poyezdlar harakati hamda bekatlardagi yoritish tizimlariga ta’sir ko‘rsatdi.

 

Metropoliten tomonidan bildirilishicha, vaziyat tezkorlik bilan nazoratga olingan. Harakat xavfsizligini ta’minlash uchun zaxira generatorlari ishga tushirilgan bo‘lib, bu tizim to‘liq tiklangunga qadar ish jarayonini barqaror ushlab turishga imkon bergan.

 

Hozirda poyezdlar harakati mas’ul xizmatlar nazorati ostida davom etmoqda. Yo‘lovchilarga yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.

 

Energetika vazirligi avvalroq ma’lum qilishicha, uzilishlarga Toshkent IESdagi transformator nosozligi sabab bo‘lgan. Avariya soat 13:01 da bartaraf etilgan, 13:22 ga kelib esa barcha iste’molchilarda elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Barcha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish 33 daqiqada to‘liq tiklandi.

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonda uning investitsiyalarni jalb qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

AQSh Davlat kotibi ushbu orden bilan O‘zbekiston va AQSh hamkorligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Shu bilan birga, Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 8,8 foizga oshdi.

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

Haydovchi davlat raqamlarini o‘zboshimchalik bilan yechib, avtomobil saloniga qo'ygan va shahar ichida yuqori tezlikda harakatlangan.

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

Yangilik C5+1 formatidagi tadbirlar doirasida e’lon qilindi.

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Tekshiruvda piyodalar yo‘lagidan foydalanish qoidabuzarliklari ham aniqlanib, yozgi maydoncha olib tashlandi.