Jahon

Italiyada to‘rt nafar migrant mashinasida tiriklayin yoqib yuborildi

Qurbonlarning uch nafari afg‘onistonlik va bir nafai pokistonlik bo'lgan

Italiyada to‘rt nafar migrant mashinasida tiriklayin yoqib yuborildi

 

Italiyaning Kalabriya mintaqasidagi Amendolara shahrida sodir bo‘lgan mudhish jinoyat oqibatida to‘rt nafar migrant halok bo‘ldi. Mahalliy prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa yuzasidan ikki nafar Pokiston fuqarosi og‘irlashtiruvchi holatlardagi qotillikda gumonlanib hibsga olingan.

 

The Guardianning ma’lum qilishicha, fojia yoqilg‘i quyish shoxobchasi hududida sodir bo‘lgan. Kuzatuv kameralari tasvirlarida gumonlanuvchilar avtomobilga yonuvchi suyuqlik sepib, so‘ng unga o‘t qo‘ygani aks etgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil eshiklari qulflangani sababli ichkaridagi shaxslar tashqariga chiqa olmagan.

 

Hodisa oqibatida uch nafar Afg‘oniston va bir nafar Pokiston fuqarosi halok bo‘lgan. Avtomobildagi yana bir afg‘onistonlik erkak esa yukxona orqali chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan. U kuyish jarohatlari bilan qutqarib qolingan.

 

Omon qolgan shaxsning so‘zlariga ko‘ra, u va halok bo‘lgan hamkasblari qishloq xo‘jaligi ishlarida mehnat qilgan. U ayrim shaxslar tomonidan muntazam tahdidlar bo‘lgani va migrantlar mehnatidan noqonuniy foydalanilgani haqida ko‘rsatma bergan.

 

Avvalroq, AQSHda NUJ tadqiqotlari bilan shug'ullangan 11 ta olim bedarak yo'qolgani haqida xabar berilgan edi.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.