O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva rekonstruksiya qilingan qo‘g‘irchoq teatriga bordi

Teatrda olib borilgan rekonstruksiya ishlarining birinchi bosqichi yakunlangach, maskan faoliyati yana jonlangan.

Saida Mirziyoyeva rekonstruksiya qilingan qo‘g‘irchoq teatriga bordi

 

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, World Aquatics Byurosi a’zosi Shahnoza Mirziyoyeva Toshkent shahridagi O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurib, Vilgelm Gauf ertagi asosida sahnalashtirilgan “Xalifa Laylak” spektaklini tomosha qildi.

 

                                         

 

Saida Mirziyoyeva o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ushbu asar inson irodasi, o‘zlikni anglash va maqsad sari intilish g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan qadrli hamda sevimli ertaklardan biri ekanini ta’kidlagan.

 

                                         

 

Qayd etilishicha, teatrda olib borilgan rekonstruksiya ishlarining birinchi bosqichi yakunlangach, maskan faoliyati yana jonlangan. Bugungi kunda bu yerda spektakllar namoyish etilib, bolalarning quvnoq ovozlari yangramoqda, ota-onalar esa farzandlari bilan mazmunli hordiq chiqarmoqda.

 

                                           

 

Rekonstruksiya jarayonida teatrning tarixiy qiyofasi va o‘ziga xos me’moriy ruhi asrab qolingan. Jumladan, “Ertaklar shaharchasi”, zalning cho‘yan eshiklari, karnay chalgan sozandalar siymolari, noyob shisha plafonlar, peshtoq kompozitsiyalari hamda mozaikalar qayta tiklangan.

 

                                         

 

Ta’kidlanishicha, mamlakatdagi madaniyat maskanlarini modernizatsiya qilish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va tarixiy merosini asrab-avaylash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda. Bu esa aholining, ayniqsa yosh avlodning madaniy hayotdagi ishtirokini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.

 

                                       

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30-aprel kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Toshkent shahridagi bir qator teatrlar faoliyati va infratuzilmasi bilan tanishgan edi. Tashrif davomida poytaxtdagi uchta teatr binosi ko‘zdan kechirilib, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’mirtalab obyektlarni rekonstruksiya qilish hamda zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilingan.

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrif buyurdi. Hududda infratuzilmani yangilashga 55 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Prezident qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligida yangi faoliyat va tuzilmalar tashkil etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva tabiatni asrash va unga mehr bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usini yosh avlodga singdirish muhimligini ta’kidladi.

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

Samarqandda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress o‘tkazilmoqda.

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Natijalar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, ehtiyojga qarab psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Kamchiliklarning asosiy qismi boshqa tillarda yozilgan peshlavha va reklamalarga, shuningdek, imloviy xatolar hamda so‘zlar ma’nosining buzilishiga taalluqli.

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Hujjatga muvofiq, alifbodagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi.