Jahon

Eron terma jamoasiga AQSHga faqat o‘yin kunlari kirishga ruxsat beriladi

Futbolchilar o‘yin o‘tkazilgan kunning o‘zida mamlakatni tark etishi shart bo‘ladi.

Eron terma jamoasiga AQSHga faqat o‘yin kunlari kirishga ruxsat beriladi

Eron milliy futbol terma jamoasi futbolchilariga Jahon chempionati davomida AQSH hududiga faqat o‘yin o‘tkaziladigan kunlari kirishga ruxsat beriladi. Bu haqda Eronning Meksikadagi elchisi Abulfazl Pasandidex ma’lum qildi, deya xabar bermoqda aNews.

 

Elchining so‘zlariga ko‘ra, futbolchilar AQSHga ertalab kirishi mumkin, biroq o‘yin o‘tkazilgan kunning o‘zida mamlakatni tark etishi shart bo‘ladi.

 

Pasandidexning Tixuana shahrida jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Eron futbol federatsiyasining 15 nafar vakili Jahon chempionati uchun zarur bo‘lgan AQSH vizalarini hali olmagan. Shu bilan birga, ular Eronning 15-iyun kuni Yangi Zelandiya terma jamoasiga qarshi ilk uchrashuvigacha viza olishiga umid qilinmoqda.

 

Eron OAVlari xabariga ko‘ra, viza olmaganlar orasida federatsiya prezidenti Mehdi Toj hamda jamoaning logistika bo‘yicha menejeri ham bor.

 

Qayd etilishicha, Eron terma jamoasining barcha futbolchilari Meksikaga kirish uchun viza olgan. 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida Eronning guruh bosqichidagi barcha o‘yinlari AQSH hududida o‘tkaziladi.

 

Fevral oyida Eron va AQSH o‘rtasida urush boshlanganidan so‘ng, Eron terma jamoasining turnir uchun AQSHga kirishi masalasi yuzasidan xavotirlar paydo bo‘lgan edi.

 

Shu sababli Eron futbol federatsiyasi may oyida jamoaning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini AQSHning Arizona shtatidan Meksikaning Tixuana shahriga ko‘chirishga qaror qilgan.

 

Eron terma jamoasi 15-iyun kuni Los-Anjelesda Yangi Zelandiya, 21-iyun kuni esa Belgiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Jamoaning guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvi 26-iyun kuni Sietl shahrida Misr terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"