O'zbekiston

O‘zbekistonda qurilish kompaniyalari ustidan shikoyatlar keskin oshdi

2025-yil davomida qurilish sohasidagi qonunbuzilishlar yuzasidan 1 706 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, 2026-yilning birinchi choragidayoq bunday murojaatlar soni qariyb mingtagacha yetgan.

O‘zbekistonda qurilish kompaniyalari ustidan shikoyatlar keskin oshdi

 

O‘zbekistonda qurilish sohasi bilan bog‘liq murojaatlar soni sezilarli darajada ko‘paydi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.

 

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil davomida qurilish sohasidagi qonunbuzilishlar yuzasidan 1 706 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, 2026-yilning birinchi choragidayoq bunday murojaatlar soni qariyb mingtagacha yetgan.

 

Murojaatlarda asosan qurilish ishlarining sifatsiz bajarilishi, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq undirilishi, shartnoma majburiyatlariga rioya qilinmasligi, uy-joylarning belgilangan muddatda topshirilmasligi hamda zarur ruxsatnomalarsiz oldindan to‘lov yig‘ilishi bilan bog‘liq holatlar qayd etilgan.

 

Shuningdek, fuqarolar tomonidan texnik talablarga javob bermaydigan qurilish materiallaridan foydalanilishi, reklamalarda va’da qilingan loyihalarning amalda bajarilmagani yuzasidan ham ko‘plab e’tirozlar bildirilgan.

 

Shu munosabat bilan Raqobat qo‘mitasi fuqarolarni hali qurilishi yakunlanmagan uy-joylarga mablag‘ kiritish yoki yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan xonadon xarid qilishdan avval barcha hujjatlar va shartnoma bandlarini sinchkovlik bilan o‘rganishga chaqirdi.

 

Xususan, quruvchi va xaridorning huquq hamda majburiyatlari, obyektni topshirish muddatlari, shuningdek, ushbu muddatlar buzilganda tomonlarning javobgarligi alohida e’tibor talab qilishi ta’kidlangan.

 

Qo‘mita qurilish tashkilotlarini amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishga chaqirib, qonunbuzilish holatlari aniqlangan taqdirda tegishli ta’sir choralari qo‘llanilishini eslatgan.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq Prezident farmoniga muvofiq, 2026-yil oktabr oyidan boshlab qurilish jarayonida korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash maqsadida “sirli mijoz” mexanizmi joriy etilishi xabar qilingan edi. Shuningdek, 2026-yil sentyabrdan yer uchastkalariga oid huquqlar yuzaga kelgan paytdan boshlab qurilish ishlarining qonunchilik talablariga muvofiqligi bo‘yicha ogohlantirish tizimi ham ishga tushiriladi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"