Jahon

Tramp Eron AQSH harbiy vertolyotini urib tushirganini ma’lum qildi

AQSh Prezidenti ushbu hodisa javobsiz qoldirilmasligini bildirdi.

Tramp Eron AQSH harbiy vertolyotini urib tushirganini ma’lum qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronni Hormuz bo‘g‘ozi ustida patrullik qilayotgan AQSHning Apache harbiy vertolyotini urib tushirishda aybladi va Vashington bu hodisaga javob qaytarishini ma’lum qildi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, hodisa kecha tunda sodir bo‘lgan. Vertolyot bortida bo‘lgan ikki nafar uchuvchi qutqarib olingan va jarohatlanmagan. AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilayotganini bildirgan. 

 

Harbiylar ma’lumotiga ko‘ra, ekipaj a’zolari taxminan ikki soat ichida xavfsiz tarzda qutqarilgan.

 

Mazkur voqea AQSH harbiylari Fors ko‘rfazida Eronning bir necha neft tankerlarini harakatsiz holatga keltirganini ma’lum qilganidan bir kun o‘tib yuz berdi.

 

Shuningdek, so‘nggi kunlarda Eron va Isroil o‘rtasida ham o‘zaro hujumlar qayd etildi. Eron Bayrutga uyushtirilgan zarbalarga javoban Isroil hududiga raketalar uchirgan bo‘lsa, Isroil Eron ichkarisidagi nishonlarga zarbalar bergan.

 

Kuzatuvchilar ta’kidlashicha, ushbu voqealar 8-aprel kuni kuchga kirgan va AQSH-Isroil hamda Eron o‘rtasidagi harbiy qarama-qarshiliklarni to‘xtatishga qaratilgan sulhga bosimni kuchaytirmoqda.

 

Eron rasmiylari hozircha AQSH vertolyoti urib tushirilgani haqidagi da’volarni tasdiqlamagan. Shu bilan birga, Tehron AQSHning Eron portlariga nisbatan harakatlari va Isroilning Livandagi operatsiyalari sulh shartlariga zid ekanini bir necha bor ta’kidlagan.

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar 2023-yil 7-oktyabr kungi HAMAS hujumi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishini va mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.