Jahon

Eron uran zaxiralariga kirish yo‘llarini portlatib, minalar o‘rnatmoqda

Tunnellarni qulatish va hududlarni minalashtirish boyitilgan uranni keyinchalik tekshirish, olib chiqish yoki qayta ishlash jarayonini sezilarli darajada murakkablashtirishi aytilmoqda.

Eron uran zaxiralariga kirish yo‘llarini portlatib, minalar o‘rnatmoqda

Eron AQSH tomonidan boyitilgan uran zaxiralarini qo‘lga kiritish ehtimolidan xavotirlanib, yadroviy materiallar saqlanayotgan obyektlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirdi. Bu haqda AQSH razvedkasiga yaqin manbalarga tayanib, CNN xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tehron qurol darajasiga yaqin boyitilgan uran saqlanayotgan ayrim tunnellarni ataylab qulatgan va kirish yo‘llariga portlovchi minalar o‘rnatgan. Natijada taxminan yarim tonna yuqori darajada boyitilgan uranga yetib borish ancha murakkab va xavfli vazifaga aylangan.

 

CNN manbalarining ta’kidlashicha, bu choralar AQSH prezidenti Donald Trampning uran zaxiralarini nazoratga olish yoki qo‘lga kiritish imkoniyatini ochiq muhokama qilganidan so‘ng ko‘rilgan bo‘lishi mumkin.

 

Biroq ekspertlar bu qaror Eronning o‘zi uchun ham muammolar tug‘dirishi mumkinligini aytmoqda. AQSH Milliy yadro xavfsizligi ma’muriyatining sobiq rasmiysi Skott Rokkerning fikricha, tunnellarni qulatish va hududlarni minalashtirish boyitilgan uranni keyinchalik tekshirish, olib chiqish yoki qayta ishlash jarayonini sezilarli darajada murakkablashtiradi.

 

Uning aytishicha, agar Tehron xalqaro kelishuv doirasida uran zaxiralarini nazorat uchun taqdim etishga rozi bo‘lsa, ushbu materiallarga kirish va ularning to‘liq hisobini ta’minlash mas’uliyati Eron zimmasiga tushadi. Shu bilan birga, Tehron uranning ayrim qismlarini qazib olishning imkoni bo‘lmaganini da’vo qilishi ham mumkin.

 

Ekspertlar nazarida, bunday holat xalqaro hamjamiyatda Eron kelajakda ushbu materiallarga qayta kirish imkoniyatini saqlab qolmaganiga oid shubhalarni kuchaytirishi mumkin.

 

CNN ma’lumotiga ko‘ra, boyitilgan uran zaxiralarining katta qismi Isfahon yadro majmuasidagi yerosti inshootlarida saqlanmoqda. AQSH va Eron o‘rtasida ehtimoliy yadroviy kelishuv muhokama qilinayotgan bo‘lsa-da, uranni nazorat qilish va olib chiqish bilan bog‘liq texnik masalalar bo‘yicha qo‘shimcha muzokaralar talab etilishi kutilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eron uran zaxiralariga kirish yo‘llarini portlatib, minalar o‘rnatmoqda | Zamon.uz