O'zbekiston

Rastrata qilgan mansabdorlar 10 yilgacha qamalishi mumkin

Mansab mavqeidan foydalanib sodir etilgan o‘zlashtirish va rastrata qilish jinoyatlari uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Rastrata qilgan mansabdorlar 10 yilgacha qamalishi mumkin

 

Qonunchilikka kiritilayotgan navbatdagi muhim o‘zgartirishlar o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatlari uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishni nazarda tutadi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 167 va 168-moddalarida nazarda tutilgan ayrim qilmishlarning kvalifikatsiya belgilari qayta ko‘rib chiqilib, ularning bir qismi og‘irroq jinoyatlar toifasiga o‘tkazilmoqda.

 

Xususan, mansab mavqeini suiiste’mol qilish yoki xizmat mavqeidan foydalanib sodir etilgan o‘zlashtirish va rastrata qilish holatlari mazkur moddalarning og‘irroq qismlariga o‘tkazilishi belgilangan. Natijada bunday jinoyatlar uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

 

Jumladan, Jinoyat kodeksining 167-moddasi ikkinchi qismi “g” bandida nazarda tutilgan mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan o‘zlashtirish yoki rastrata qilish jinoyati ushbu moddaning uchinchi qismi “d” bandiga ko‘chirilmoqda.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq narkolaboratoriya tashkil etganlar 10 yilgacha qamalishi haqida xabar berilgan edi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.