Jahon

Rossiyada aviatsiya yonilg‘isi taqchilligi yuzaga keldi

Samolyotlar faqat parvozni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hajmdagi aviakerosin bilan ta’minlanmoqda.

Rossiyada aviatsiya yonilg‘isi taqchilligi yuzaga keldi

Rossiyada benzin taqchilligi ortidan aviatsiya yoqilg‘isi bozorida ham muammolar kuzatilmoqda. Bir qator yirik aeroportlar samolyotlarga aviakerosin quyish bo‘yicha cheklovlar joriy etdi. Bu haqda The Moscow Times yozmoqda.

 

“Aviasionnaya antresol” Telegram-kanali ma’lumotiga ko‘ra, Maxachqala, Mineralniye Vodi, Krasnodar, Astraxan va Nijniy Novgorod aeroportlari uchuvchilar uchun e’lon qilgan NOTAN xabarnomalarida yonilg‘i limiti belgilanganini ma’lum qilgan. Endilikda samolyotlar faqat parvozni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hajmdagi aviakerosin bilan ta’minlanmoqda.

 

Xususan, Maxachqala aeroportida Dubay yo‘nalishi uchun 8 tonna, Minsk uchun 3,5 tonna, Toshkent reysi uchun esa 4 tonna yonilg‘i limiti o‘rnatilgan. Charter reyslarni yonilg‘i bilan ta’minlash esa alohida kelishuv asosida amalga oshirilmoqda.

 

Mutaxassislar muammoni may oyida Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga uyushtirilgan keng ko‘lamli hujumlar bilan bog‘lamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bir oy davomida 16 ta zavod zarbaga uchragan, natijada mamlakatning markaziy hududlarida neftni qayta ishlash hajmi keskin qisqargan.

 

“Kommersant” nashri manbalarining bildirishicha, may oyi oxirida bir qator aviakompaniyalar Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Ufa va boshqa aeroportlarda amaldagi shartnomalar bo‘yicha samolyotlarni yoqilg‘i bilan ta’minlash imkoni yo‘qligi haqida ogohlantirilgan.

 

Sankt-Peterburg tovar-xomashyo birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 4-maydan buyon aviakerosin savdosi deyarli to‘xtab qolgan. Shu bilan birga, ulgurji bozorda yoqilg‘i narxi bir tonna uchun rekord darajadagi 113 ming rublgacha ko‘tarilib, mart oyining boshiga nisbatan 52 foizga qimmatlashgan.

 

Vaziyat fonida Rossiya hukumati 1-iyundan 30-noyabrgacha aviakerosin eksportini taqiqladi. Rasmiylar bu chorani ichki bozordagi barqarorlikni saqlash zarurati bilan izohladi.

 

Tahlilchilarning fikricha, eksportga qo‘yilgan taqiq aviatsiya yoqilg‘isining ichki bozordan chiqib ketishining oldini olib, ehtimoliy taqchillikni yumshatishga xizmat qiladi. Biroq mamlakatdagi aviakerosin ishlab chiqarish hajmini aniq baholash qiyin, chunki Rossiya 2024-yildan boshlab neft mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha statistik ma’lumotlarni maxfiylashtirgan. 

 

Avvalgi ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada yiliga qariyb 11 million tonna aviakerosin ishlab chiqarilgan.

custom img

Putin kuzda yangi safarbarlik e'lon qilishi mumkin

Rossiya prezidenti Donetsk va Lugansk viloyatlarining to‘liq nazoratini qo‘lga kiritishni asosiy maqsad deb bilmoqda.

custom img

Eronda Xomanaiyning dafn marosimidan so‘ng otishma yuz berdi

Imom Rizo maqbarasidan 15 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.

custom img

AQSh Adliya vazirligi Epshteyn ishi bo‘yicha tergovga to‘sqinlik qilishda ayblanmoqda

Nyu-Meksiko prokurori Adliya vazirliginining Epshteyn ishi bo‘yicha muhim hujjatlarni taqdim etmayotganini ma'lum qildi.

custom img

AQSh va Eron o‘rtasidagi texnik muzokaralar davom etmoqda — Reuters

Vashington Tehronni memorandum shartlariga rioya qilmayotganlikda ayblamoqda.

custom img

O‘zbekistonlik oilalar uchun barcha sharoitlarni yaratamiz — Aleksandr Lukashenko

Belarus prezidenti O‘zbekiston fuqarolarini, xususan oilalarni Belarusga kelib, yashash va ishlashga taklif qildi.

custom img

Ispaniyadagi o‘rmon yong‘inida 12 kishi halok bo‘ldi

Halok bo'lganlarning aksariyati avtomobillarda qochishga uringan paytda olov qurshovida qolgan.

custom img

Eronda Ali Xomanaiyning dafn marosimi yakunlandi

Marhum Imom Rizo maqbarasiga dafn etildi, marosimga uning to‘ng‘ich o‘g‘li boshchilik qilgan.

custom img

Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga revolver sovg‘a qildi

Sovg‘a ayrim delegatsiyalar uchun qurolni mamlakatiga olib kirish bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqardi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Rossiyada aviatsiya yonilg‘isi taqchilligi yuzaga keldi