Jahon

Tinchlik hech qachon hozirgidek yaqin bo‘lmagan — Shahboz Sharif

Pokiston Bosh vaziri AQSh va Eron o‘rtasidagi kelishuv matni bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma'lum qildi.

Tinchlik hech qachon hozirgidek yaqin bo‘lmagan — Shahboz Sharif

 

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif AQSh va Eron o‘rtasidagi tinchlik kelishuvi loyihasining yakuniy matni bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, muzokaralarda Pokiston va Qatar vositachi davlatlar sifatida ishtirok etmoqda.

 

Bosh vazir ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida “Tinchlik hech qachon hozirgidek yaqin bo‘lmagan” deya bayonot bergan. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ham o‘z navbatida tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv memorandumi yakunlanishiga misli ko‘rilmagan darajada yaqin qolinganini qayd etgan.

 

Kelishuvga oid xabarlar xalqaro neft bozorlarida ham sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. AQSh prezidenti Donald Tramp barcha tomonlar yakuniy shartlarni ma’qullaganini bildirganidan so‘ng Brent markali neft narxi keskin pasayib, urush boshlanganidan buyon eng past ko‘rsatkichlardan birini qayd etgan. Keyinchalik ayrim bayonotlar ortidan narxlar qisman tiklangan bo‘lsa-da, bozor yuqori o‘zgaruvchanlikni saqlab qolmoqda.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, memorandum loyihasida sulh muddatini yana 60 kunga uzaytirish, Hormuz bo'g'ozi orqali qatnovni bosqichma-bosqich tiklash hamda Eron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralarning keyingi bosqichlarini belgilash nazarda tutilgan.

 

Ayni paytda memorandumning rasmiy matni e’lon qilinmagan. AQSh va Eron tomonlari hujjat yuzasidan yakuniy tasdiq jarayonlari davom etayotganini bildirgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tinchlik hech qachon hozirgidek yaqin bo‘lmagan — Shahboz Sharif | Zamon.uz