O'zbekiston

Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi

Yangi nom beriladigan ko‘cha “O‘zbek–Turk do‘stligi” xiyoboni yaqinida joylashgan.

Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi

 

Toshkent shahrida joylashgan ko‘chalardan biriga Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi.

 

Bu haqdagi qaror 15-iyun kuni Prezident tomonidan imzolandi.

 

Unga ko‘ra, Yashnobod tumanida barpo etilayotgan “O‘zbek-turk do‘stligi” xiyoboniga tutash bo‘lgan Abdulla Qodiriy ko‘chasining ma’lum bir qismi (Istiqlol, Farg‘ona yo‘li va Nukus ko‘chalari kesishmasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi va Maxtumquli shohko‘chasi kesishmasigacha) Mustafo Kamol Otaturk nomi bilan ataladi.

 

Mazkur qaror O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash, tarixiy shaxslar xotirasini e’zozlash va xalqaro aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq Turkiyaning Hatay viloyatining Arsuz tumanida O‘zbekiston tomonidan bunyod etilgan turar-joy majmuasi negizida tashkil etilgan “O‘zbekiston mahallasi”, Shavkat Mirziyoyev bulvari hamda Toshkent va Samarqand ko‘chalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani xabar qilingan edi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.