Jahon

Turkiyada “O‘zbekiston mahallasi” va Shavkat Mirziyoyev bulvari ochildi

Shuningdek, Hatay viloyatida Toshkent va Samarqand ko‘chalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Turkiyada “O‘zbekiston mahallasi” va Shavkat Mirziyoyev bulvari ochildi

 

Turkiyaning Hatay viloyatining Arsuz tumanida O‘zbekiston tomonidan bunyod etilgan turar-joy majmuasi negizida tashkil etilgan “O‘zbekiston mahallasi”, Shavkat Mirziyoyev bulvari hamda Toshkent va Samarqand ko‘chalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.

 

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi delegatsiya, Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov, Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush, Hatay viloyati hokimi Mustafo Masatli hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 

Marosimda so‘zga chiqqan Numan Kurtulmush mazkur tashabbus Turkiya xalqining O‘zbekiston xalqiga bo‘lgan samimiy minnatdorligi va ikki qardosh xalq o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik ramzi ekanini ta’kidlagan. Uning qayd etishicha, Arsuzda O‘zbekiston tarixiy shaharlari va davlat rahbari nomining abadiylashtirilishi og‘ir kunlarda Turkiya bilan birga bo‘lgan o‘zbek xalqiga bildirilgan yuksak ehtirom ifodasidir.

 

Hatay viloyati hokimi Mustafa Masatlı esa 2023-yil 6-fevraldagi vayronkor zilziladan so‘ng O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordam turk xalqi xotirasida doimo saqlanib qolishini ta’kidlagan. U “O‘zbekiston mahallasi” nomining berilishi ikki xalq o‘rtasidagi qardoshlik va birdamlikning yorqin timsoli ekanini qayd etgan.

 

Tadbir yakunida ishtirokchilar ramziy tasma kesib, Shavkat Mirziyoyev bulvari hamda Toshkent va Samarqand ko‘chalarini rasman ochdilar.

 

Qayd etilishicha, mazkur turar-joy majmuasi O‘zbekistonning zilziladan zarar ko‘rgan Hatay viloyatini tiklashga qaratilgan gumanitar yordami natijasida bunyod etilgan bo‘lib, u ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va qardoshlik munosabatlarining yana bir yorqin namunasi sifatida baholanmoqda.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"