Jahon

Eronlik xonanda hijobsiz chiqish qilgani uchun 74 darra urildi

Musiqachilar “jamoat axloqini haqorat qiluvchi qo‘pol va axloqsiz kontent tayyorlash hamda tarqatish”da aybdor deb topilgan.

Eronlik xonanda hijobsiz chiqish qilgani uchun 74 darra urildi

 

Eron sudlari xonanda Parastu Ahmadi va uning ijodiy jamoasi a’zolariga nisbatan hukm chiqardi. The Guardian nashri xabariga ko‘ra, san’atkor 2024-yil dekabr oyida internet orqali namoyish etilgan konsertda hijobsiz sahnaga chiqqani uchun 74 darra bilan jazolanishga hukm qilingan.

 

Shuningdek, xonandaning ijodiy jamoasidagi sakkiz nafar a’zoga ham xuddi shunday jazo tayinlangan. Bundan tashqari, ularga ikki yil davomida mamlakatdan chiqish hamda ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlangan.

 

Qum viloyati Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi musiqachilarni “jamoat axloqini haqorat qiluvchi qo‘pol va axloqsiz kontent tayyorlash hamda tarqatish”da aybdor deb topgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yil 11-dekabr kuni 29 yoshli Parastu Ahmadi YouTube platformasida “Az Khoone Javanane Vatan” nomli vatanparvarlik qo‘shig‘ini jonli ijro etgan. Xonanda yelkalari ochiq qora libosda, hijobsiz holda sahnaga chiqqan. Eron qonunchiligiga muvofiq, ayollarning jamoat joylarida yakkaxon chiqish qilishi va hijobsiz sahnaga chiqishi taqiqlangan.

 

Translyatsiya ilk 24 soat ichida qariyb 500 ming marta tomosha qilingan bo‘lsa, bir necha kun ichida ko‘rishlar soni 2 millionga yaqinlashgan. Ko‘p o‘tmay xonanda va bir necha musiqachilar qisqa muddatga hibsga olinib, keyinchalik qo‘yib yuborilgan. Shundan so‘ng ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.