Jahon

Isroilning Livandagi harakatlari AQSH-Eron kelishuviga zarba berishi mumkin — WP

AQSH razvedkasi Netanyaxuning Livandagi siyosati Tramp ma’muriyati va Eron o‘rtasidagi kelishuvga putur yetkazishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Isroilning Livandagi harakatlari AQSH-Eron kelishuviga zarba berishi mumkin — WP

 

AQSH razvedka idoralari Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning harakatlari prezident Donald Tramp ma’muriyati va Eron o‘rtasida erishilgan uzoq muddatli tinchlik kelishuvi istiqbollariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida Oq uyni ogohlantirdi. Bu haqda The Washington Post amerikalik rasmiylarga tayanib xabar berdi.

 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur ogohlantirish Isroil hukumati va Tramp ma’muriyati o‘rtasida ayrim masalalar yuzasidan kelishmovchiliklar kuchayib borayotgan bir paytda yangragan.

 

Razvedka hisobotlarida Isroilning Livandagi harbiy amaliyotlarni davom ettirish niyatida ekani qayd etilgan. Bu esa AQSH va Eron o‘rtasida erishilgan kelishuvning muhim bandlaridan biri bo‘lgan mintaqadagi keskinlikni kamaytirish bo‘yicha majburiyatlarga zid kelishi mumkin.

 

Manbalarga ko‘ra, kuzda Isroilda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari arafasida Benyamin Netanyaxuning siyosiy pozitsiyasi ichki auditoriyaga Livandan qo‘shinlarni olib chiqmasligi va “Hizbulloh”ga nisbatan qat’iy siyosat yuritishini namoyish eta olishiga ham bog‘liq.

 

Hisobotda AQSH va Eron o‘rtasidagi kelishuv shartlari Isroilda norozilik uyg‘otayotgani ham ta’kidlangan. Ayrim isroillik siyosatchilar va rasmiylar mazkur kelishuv Tehronga nisbatan “maksimal bosim” siyosatini zaiflashtirishi hamda Isroilning xavfsizlik manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bildirgan.

 

Shuningdek, tahlilchilarga ko‘ra, Isroil Livandagi harbiy operatsiyalarni to‘xtatgan taqdirda ham Janubiy Livandan qo‘shinlarini olib chiqishdan bosh tortsa, bu AQSH va Eron o‘rtasida erishilgan kelishuvning barqarorligiga xavf tug‘dirishi mumkin.

 

AQSHning yuqori martabali amaldorlaridan biri esa Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sulh Turkiya vaqti bilan soat 16:00 da kuchga kirganini ma’lum qilgan.

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rasmiylarga tabiiy ofat yetkazgan moddiy zarar yuzasidan qariyb 20 mingta murojaat kelib tushgan.

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dengiz orqali yuk tashishdagi uzilishlar, urushlar va qurg‘oqchilik global oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Fuqarolarga transportdagi ehtimoliy uzilishlar va reyslar bekor qilinishini hisobga olish tavsiya etildi.

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mamlakat dushmanlariga yanada kuchli zarbalar berilishi mumkinligini bildirdi.

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

AQSh Davlat kotibi Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish qiyinligicha qolayotganini bildirdi.

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Sanalar yangi oyning ko‘rinishiga qarab bir kunga oldinga yoki keyinga surilishi mumkin.

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

Aroqchi Netanyaxuni AQShni Eron bilan yangi urushga tortishga urinayotganlikda aybladi.

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

2025-yil oxirida shaharda bu yosh guruhiga mansub 5,29 million kishi yashagan.