Jahon

Nyu-Yorkdagi 174 yillik tarixiy cherkov butunlay yonib ketdi

Bruklindagi tarixiy cherkov ikki soat ichida kulga aylandi.

Nyu-Yorkdagi 174 yillik tarixiy cherkov butunlay yonib ketdi

 

AQShning Nyu-York shahri Bruklin tumanidagi Janubiy Bushvik islohot cherkovida yuz bergan yirik yong‘in oqibatida 174 yillik tarixiy bino deyarli butunlay vayron bo‘ldi.

 

ABC telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 13:20 atrofida Bushvik avenyusidagi cherkov binosida boshlangan. Oradan taxminan 20 daqiqa o‘tib, binoning qo‘ng‘iroq minorasi qulab tushgan.

 

Nyu-York yong‘in xavfsizligi xizmati bir necha soat davomida yong‘inni o‘chirish ishlarini olib borgan va soat 15:35 ga kelib alanga deyarli to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa vaqtida bir nafar o‘t o‘chiruvchi yengil jarohat olib, unga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

 

Mutaxassislarning dastlabki baholariga ko‘ra, yong‘in cherkov binosiga jiddiy zarar yetkazgan va inshootni buzib tashlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Yong‘inning kelib chiqish sabablari hozircha noma’lum bo‘lib, hodisa yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Ta’kidlanishicha, Janubiy Bushvik islohot cherkovi 1982-yilda AQShning Tarixiy joylar milliy reyestriga kiritilgan. Mahalliy aholi va tarixshunoslar ushbu yodgorlikning yo‘qolishini hududning madaniy va tarixiy merosi uchun katta yo‘qotish sifatida baholamoqda.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

custom img

Ikki mahbus sabab mojaro: Janubiy Koreya Ukrainadan uzr talab qildi

Prezident Li Chje Myon Kiyev uzr so‘ramasa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishini bildirdi.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"