O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiriga portlash qurbonlari munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi

Qatarda gaz majmuasidagi portlash oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiriga portlash qurbonlari munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniyga Ras-Laffan sanoat zonasidagi gazni qayta ishlash majmuasida sodir bo‘lgan kuchli portlash va yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani hamda jiddiy jarohat olgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.

 

Ta’ziya maktubida davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini tilagan.

 

Qatarning Ras-Laffan sanoat hududidagi gaz eksporti majmuasida yuz bergan portlash va yong‘in oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, yana 66 kishi jarohatlandi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa ishchilar Eron hujumlari sabab to‘xtatilgan obyekt faoliyatini qayta tiklashga urinayotgan paytda sodir bo‘lgan. QatarEnergy kompaniyasiga ko‘ra, portlash Barzan gaz ta’minoti majmuasida yuz bergan.

 

Qatar energetika vaziri Saad Sherida al-Kaabiyning aytishicha, hodisa sabotaj yoki boshqa dushmanona harakatlar bilan bog‘liq emas. Halok bo‘lganlar Hindiston va Pokiston fuqarolari bo‘lsa, jarohatlanganlar orasida Qatar hamda Afrika va Osiyoning turli davlatlari fuqarolari bor.

 

Qayd etilishicha, Qatar dunyodagi yirik tabiiy gaz ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. Shu bois Ras-Laffandagi portlash global energiya bozorlariga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etilmoqda.

 

Mart oyida Eron raketasi Ras-Laffan hududiga kelib tushib, yong‘in kelib chiqqan va obyektga katta zarar yetgan edi. Shundan so‘ng Qatar mazkur hududdagi ishlab chiqarishni to‘xtatgan.

Issiqxonalarga yangi talablar: qattiq yoqilg‘i cheklanadi

Issiqxonalarga yangi talablar: qattiq yoqilg‘i cheklanadi

Talablarga moslashish uchun issiqxonalarga muddat berilgan, ekologik modernizatsiya xarajatlarining bir qismi esa davlat tomonidan qoplanadi.

To‘y va oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdabasiz o‘tkazish targ‘ib qilinmoqda

To‘y va oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdabasiz o‘tkazish targ‘ib qilinmoqda

Yoshlar o‘rtasida profilaktika ishlarini kuchaytirish, bandligini ta’minlash hamda sport va kasb-hunarga keng jalb qilish masalasi muhokama qilindi.

Ichki ishlar vazirligining 35 yilligi: bir guruh xodimlar mukofotlanadi

Ichki ishlar vazirligining 35 yilligi: bir guruh xodimlar mukofotlanadi

Prezident farmoniga ko‘ra, xodimlar jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolar huquqlarini himoya qilishdagi xizmatlari uchun taqdirlanadi.

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga nima sabab bo‘ladi?

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga nima sabab bo‘ladi?

Havo sifati xalqaro indeks bo‘yicha “noqulay” darajaga yetishi mumkin.

Ziroat Mirziyoyeva bolalar kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga bordi

Ziroat Mirziyoyeva bolalar kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga bordi

Ko‘rgazmada bolalarning xavfsizligi, ta’lim olishi, ijtimoiy himoyasi va kelajagini tanlash imkoniyati kabi masalalar yoritildi.

Liftga har oy texnik xizmat ko‘rsatilishi shart: yangi tartib belgilandi

Liftga har oy texnik xizmat ko‘rsatilishi shart: yangi tartib belgilandi

2027-yil 1-yanvardan liftlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishning yangi tartibi kuchga kiradi.

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Buyurtmachi va pudrat tashkilotiga shikastlangan qabr toshlarini tiklash majburiyati yuklatildi.

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

Shuningdek, unga avval ham qo‘pol munosabatda bo‘lingani haqidagi ma’lumotlar tekshirilmoqda.