O'zbekiston

Muzrabot tumani hokimiga hayfsan berildi

Hokim fermerlarga nisbatan haqoratli munosabat bildirgan.

Muzrabot tumani hokimiga hayfsan berildi

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulovga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tuman hokimining g‘alla topshirish rejasini bajarmayotgan fermerlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishdagi murojaati aks etgan videolavhalar keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Unda hokim tomonidan fermerlarga nisbatan haqoratli va tahqirlovchi munosabat bildirilgani jamoatchilik e’tiborini tortgandi.

 

Holat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalari talablariga zid xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

 

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchilari xizmat vazifalarini vijdonan bajarishi, davlat organlari va tashkilotlarining obro‘-e’tiboriga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilishi, shuningdek, fuqarolar bilan munosabatlarda xushmuomalalik, hurmat va professionallik tamoyillariga qat’iy amal qilishi lozim.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘z vakolatlari doirasida mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimligiga xizmat tekshiruvi o‘tkazish hamda qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho berish bo‘yicha taqdimnoma kiritgan.

 

Taqdimnoma natijalari asosida Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulovga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanildi.

 

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, davlat xizmatida yuksak kasbiy va axloqiy standartlarni qaror toptirish hamda qonun buzilishi holatlariga nisbatan javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshi shahri hokimining birinchi o‘rinbosari Nurbek Turdiyevning xodimlarni dam olish kunlari majburiy mehnatga jalb qilgani va ularga nisbatan haqoratli munosabatda bo‘lgani yuzasidan ham tegishli o‘rganishlar boshlangan edi.

custom img

“Jarima maydonchasi” moduli: Toshkentda jarima maydonchalari bo‘yicha yangi tartib

Qonunchilikni buzganlik uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi belgilandi.

custom img

Yangi terminal va 3,5 mln yo‘lovchi: Andijon aeroporti imkoniyatlari kengaytiriladi

Andijon xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish loyihasining 1,1 trln so‘mlik ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Yangi terminal ishga tushgach, aeroportning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 1 ming nafargacha oshadi.

custom img

Qaysi hududda qaysi kasbga talab yuqori? Texnikumlarga qabul tahlil qilindi

O‘zbekistonda texnikumlarda eng talabgir kasb va mutaxassisliklar aniqlandi.

custom img

200 ming dollargacha: pul mukofotlari miqdori oshirildi

Xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar hamda ularning trenerlari uchun bir martalik pul mukofotlari ko‘paytirildi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"