Jahon

AQSh Senati Eron bilan urushni to‘xtatish haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi

Hujjatni 50 senator qo‘llab-quvvatlagan, 48 senator esa qarshi ovoz bergan.

AQSh Senati Eron bilan urushni to‘xtatish haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi

AQSh Senati Eronga qarshi harbiy harakatlarni yakunlash va Amerika qo‘shinlarini jangovar operatsiyalardan olib chiqishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatni 50 senator qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, 48 senator unga qarshi ovoz bergan. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, rezolyutsiya Donald Tramp ma’muriyatini Kongress ruxsatisiz olib borilayotgan harbiy operatsiyalarni to‘xtatishga chaqiradi. Hujjatda Amerika harbiy kuchlari Eronga qarshi jangovar harakatlardan chiqarilishi lozimligi qayd etilgan.

 

Ovoz berish jarayonida hukmron Respublikachilar partiyasining to‘rt nafar a’zosi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlagan. Demokratlar orasida esa faqat bir senator hujjatga qarshi ovoz bergan. 

 

Avvalroq shunga o‘xshash rezolyutsiya AQSh Vakillar palatasi tomonidan ham ma’qullangandi.

 

Biroq mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur rezolyutsiya tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, huquqiy majburiy kuchga ega emas. U Kongress a’zolarining siyosiy pozitsiyasini ifodalaydi va ijro hokimiyati tomonidan bajarilishi shart hisoblanmaydi.

 

Rezolyutsiyada AQSh qurolli kuchlarining Eronga qarshi operatsiyalarda ishtiroki faqat Kongress roziligi mavjud bo‘lgan yoki mamlakat hamda uning ittifoqchilarini himoya qilish zarurati yuzaga kelgan holatlardagina davom ettirilishi mumkinligi ta’kidlangan.

 

Shu bilan birga, Vashington va Tehron o‘rtasidagi diplomatik muloqotlar ham davom etmoqda. Xususan, Shveytsariyaning Byurgenstok shahrida Qatar va Pokiston vositachiligida o‘tkazilgan muzokaralarda tomonlar keskinlikni kamaytirish va keyingi texnik muzokaralar uchun asos yaratishga qaratilgan qator masalalarni muhokama qilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.