O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Global o‘zgarishlar instituti raisini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Toni Bler bilan hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Global o‘zgarishlar instituti raisini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-iyun kuni Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri, Global o‘zgarishlar instituti raisi Toni Blerni qabul qildi.

 

 

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni ekspertlik jihatidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Global o‘zgarishlar instituti bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Toni Bler Yangi O‘zbekistondagi izchil va keng ko‘lamli transformatsiya jarayonlariga yuksak baho berdi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi yurtimiz investitsiyaviy jozibadorligini mustahkamlash, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish va istiqbolli tashabbuslarni ilgari surish uchun samarali xalqaro maydon bo‘lgani e’tirof etildi.

 

 

Iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, yetakchi xalqaro texnologik kompaniyalar va yirik strategik investorlarni jalb etish hamda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, jumladan, ilg‘or innovatsion yechimlarni joriy qilish kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

custom img

Saida Mirziyoyeva AQSH savdo vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva yaqin kunlarda o‘zaro savdo va investitsiyalarni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi bitim imzolanishi kutilayotganini ma’lum qildi.

custom img

SHHTga a’zo davlatlar forumi: madaniy hamkorlik va o‘zaro anglashuv yo‘lidagi muhim qadam

Forumda globallashuv sharoitida madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash va turli sivilizatsiyalar vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Moody’s O‘zbekistonning kredit reytingini “Ba2” darajasiga ko‘tardi

Saida Mirziyoyeva buni mamlakat iqtisodiy islohotlarining muhim natijasi sifatida baholadi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti AQSh delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston – AQSh strategik sheriklik munosabatlarini savdo-iqtisodiy sohada yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Bir guruh ommaviy axborot vositalari xodimlari davlat mukofoti bilan taqdirlandi

“Sevimli” telekanalining “Eslab, eslab” loyihasi boshlovchisi Farxod Abdullayev “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.

custom img

Shuhrat Oripov O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi boshqaruvi raisi etib saylandi

Toshkent shahrida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining VII konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Qashqadaryo, Buxoro va Farg‘onada giyohvandlik vositalari savdosiga chek qo‘yildi

Tezkor tadbirlarda 5 kilogrammdan ortiq gashish, 7 kilogrammdan ziyod marixuana va mingdan ortiq “Tropikamid” preparati musodara qilingan.

custom img

Mehnat inspeksiyasi Samarqand viloyati hokimiga ogohlantirish yubordi

Inspeksiya o‘qituvchilarni ko‘chalar monitoringiga majburiy jalb etish majburiy mehnat holati sifatida baholanishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"