Jahon

“Armiya qurollari Kremlga qaratiladi”: Rossiyalik harbiy Putinga murojaat yo‘llab, tahdid qildi

Kreml armiyadagi qiynoqlar haqidagi videomurojaatni o‘rganishini bildirdi.

“Armiya qurollari Kremlga qaratiladi”: Rossiyalik harbiy Putinga murojaat yo‘llab, tahdid qildi

Kreml Ukrainadagi urushda qatnashgan rossiyalik harbiy faxriy Aleksandr Luninning Prezident Vladimir Putinga yo‘llagan videomurojaatini o‘rganishini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, videoda u Rossiya qo‘mondonlarini askarlarni "o‘limga olib keluvchi buyruqlarni" bajarmagani yoki qo‘mondonlarga pul berishdan bosh tortgani uchun qiynoqqa solish va o‘ldirishda ayblagan.

 

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, videomurojaat hali ko‘rib chiqilmagan, biroq unda "ancha g‘alati iboralar" mavjudligi sababli avvalo uning mazmuni o‘rganiladi.

 

Reuters xabariga ko‘ra, Lunin videomurojaatida minglab rossiyalik harbiylar buyruqlarni bajarishdan yoki qo‘mondonlariga pul berishdan bosh tortgani uchun maxsus chuqurlarda saqlanayotganini, keyinchalik qiynoqqa solinib o‘ldirilayotganini, so‘ng esa ularning "jang vaqtida bedarak yo‘qolgani" haqida yolg‘on ma’lumot berilayotganini da’vo qilgan.

 

Biroq videoda ushbu da’volarni tasdiqlovchi dalillar, shuningdek, jabrlanuvchilar yoki ayblanayotgan shaxslarning ismlari keltirilmagan. Reuters ham bu ma’lumotlarni mustaqil ravishda tasdiqlay olmaganini qayd etgan.

 

Voronej viloyatida yashovchi Lunin videoni harbiy kiyimda va medallari bilan yozib olgan. U, agar yaqin vaqt ichida Prezident Putin bilan jonli efirda shaxsan uchrashmasa, "armiya qurollarini Kreml tomonga burishi" haqida tahdid qilgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, videomurojaat Instagram tarmog‘ida 24 soat ichida 12 milliondan ortiq marta tomosha qilingan. Instagram Rossiyada taqiqlangan bo‘lib, undan asosan VPN orqali foydalanish mumkin.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.