Jahon

Janubiy Koreya sobiq prezidentining rafiqasi 7 yilga qamaldi

Kim Gon Xi qimmatbaho sovg‘alar va zargarlik buyumlarini noqonuniy qabul qilganlikda aybdor deb topilgan.

Janubiy Koreya sobiq prezidentining rafiqasi 7 yilga qamaldi

 

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yolning rafiqasi Kim Gon Xi korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarda aybdor deb topilib, 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi xabar berdi.

 

Seul markaziy okrug sudi tomonidan e’lon qilingan hukmga ko‘ra, sobiq birinchi xonim davlat lavozimlariga tayinlash evaziga pora olish, shuningdek, qimmatbaho zargarlik buyumlari va hashamatli sovg‘alarni noqonuniy qabul qilishda aybdor deb topilgan.

 

Sud qarorida Kim Gon Xi oddiy fuqarolar uchun deyarli qo‘l yetmaydigan hashamatli buyumlarni qabul qilishdan tiyilmagani qayd etilgan.

 

Mazkur ish bo‘yicha tergovni olib borgan maxsus prokuror Min Jun Gi boshchiligidagi guruh suddan sobiq birinchi xonimga 7,5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni so‘ragan edi.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq Janubiy Koreya maxsus prokuraturasi sobiq prezident Yun Sok Yolga nisbatan qo‘zg‘olon ayblovi bo‘yicha ko‘rilayotgan apellyatsiya ishida o‘lim jazosini talab qilgani xabar qilingan edi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.