Jahon

Janubiy Koreya sobiq prezidenti uchun o‘lim jazosi so‘raldi

Yun Sok-yul ishi bo‘yicha apellyatsiya sudida prokuratura umrbod qamoqni yetarli emas deb hisoblamoqda.

Janubiy Koreya sobiq prezidenti uchun o‘lim jazosi so‘raldi

 

Janubiy Koreya maxsus prokuraturasi sobiq prezident Yun Sok Yolga nisbatan qo‘zg‘olon ayblovi bo‘yicha ko‘rilayotgan apellyatsiya ishida yana o‘lim jazosini talab qildi.

 

Yonhap xabariga ko‘ra, maxsus prokuror boshchiligidagi tergov guruhi Seul Oliy sudiga tegishli iltimosnomani taqdim etgan.

 

Prokuratura avvalgi instansiya tomonidan chiqarilgan umrbod qamoq jazosi sodir etilgan jinoyat og‘irligiga mos emasligini ta’kidlab, suddan eng og‘ir jazoni qo‘llashni so‘ramoqda. Shuningdek, ular quyi sud tomonidan harbiy holat joriy etishga tayyorgarlik bo‘yicha muhim dalillardan biri sifatida baholangan sobiq harbiy xizmatchi No Sang-vonning yozuvlari rad etilganiga ham e’tiroz bildirgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 3-dekabr kuni Yun Sok Yol Shimoliy Koreyadan kelayotgan tahdidni asos qilib, mamlakatda harbiy holat e’lon qilgan edi. Biroq uning murojaatidan taxminan 150 daqiqa o‘tib, Milliy assambleya harbiy holatni bekor qilish uchun ovoz bergan. Oradan ko‘p o‘tmay sobiq prezident hibsga olingan.

 

2026-yil fevral oyida sud Yun Sok Yolni parlament hududiga harbiylarni yuborish orqali Milliy assambleya faoliyatiga noqonuniy aralashishga uringan, deb topib, uni umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilgan edi. Endilikda mazkur ish apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"