Jahon

Ukraina Rossiyaning “Vtorovo” neft stansiyasiga zarba berganini ma’lum qildi

Dronlar obyektning texnik binosiga zarba bergan va shundan so‘ng portlash sodir bo‘lgan.

Ukraina Rossiyaning “Vtorovo” neft stansiyasiga zarba berganini ma’lum qildi

Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) 27-iyun kuni Vladimir viloyatida joylashgan “Vtorovo” neft haydash stansiyasiga Ukraina dronlari tomonidan zarba berilganini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza nashri xabar berdi.

 

SBU ma’lumotiga ko‘ra, bu iyun oyi davomida mazkur stansiyaga uyushtirilgan ikkinchi hujum hisoblanadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, dronlar obyektning texnik binosiga zarba bergan va shundan so‘ng portlash sodir bo‘lgan.

 

Shu bilan birga, Ukraina tomoni hujum sodir bo‘lganini tasdiqlovchi foto yoki videolarni e’lon qilmagan. Vladimir viloyati rasmiylari ham voqea yuzasidan hozircha rasmiy izoh bermagan.

 

NASAning FIRMS sun’iy yo‘ldosh monitoringi tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, neft haydash stansiyasi hududida yong‘in qayd etilmagan. Biroq tizim stansiyadan taxminan 10 kilometr uzoqlikda yong‘in sodir bo‘lganini qayd etgan.

 

“Vtorovo” neft haydash stansiyasi “Transneft-Verxnyaya Volga” kompaniyasiga tegishli. SBU ushbu obyektni yengil neft mahsulotlarini eksport portlariga hamda ichki iste’molchilarga yetkazib beruvchi muhim logistika markazi deb ta’riflagan. Xususan, mazkur stansiya orqali neft mahsulotlari Moskvaga ham yuboriladi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, SBU ushbu stansiyaga bundan avval 10-iyun kuni ham dronlar orqali hujum uyushtirgan.

 

Ukraina urush davomida Rossiyaning neft infratuzilmasi obyektlariga muntazam zarbalar berib kelmoqda. Nashr qayd etishicha, bu hujumlar fonida Rossiyaning ayrim hududlarida yoqilg‘i taqchilligi kuzatilayotgani va aholi tomonidan benzin tanqisligi yuzasidan shikoyatlar bildirilayotgani aytilmoqda.

custom img

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

custom img

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

custom img

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

custom img

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Qiz voqeadan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan va erkak hibsga olingan.

custom img

Ilk qo‘shma investitsiya: AQSH va Ukraina muhim minerallar bo'yicha kelishuv imzolandi

Yangi loyihalarning umumiy qiymati qariyb 70 mln dollarni tashkil etadi.

custom img

Flydubai’dagi hodisa: Tel-Avivga parvozlar to‘xtatildi

Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘nganidan so‘ng aviakompaniya reyslarni keyingi xabargacha to‘xtatdi.

custom img

Hindiston-Pokiston chegarasida otishma: ikki pokistonlik halok bo‘ldi

Hindiston OAVlari ularni chegarani buzishga uringan shaxslar sifatida taʼriflagan.

custom img

Maxfiy uchrashuv: Tramp ma’muriyati Eron masalasini muhokama qildi

Uchrashuv AQSh ma’muriyati tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"