O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev XJV boshqaruvchi direktorining o‘rinbosarini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan sheriklikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev XJV boshqaruvchi direktorining o‘rinbosarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasi “Shveysariya guruhi”ning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan jamg‘arma boshqaruvchi direktorining o‘rinbosari Bo Lini qabul qildi.

 

Uchrashuv avvalida Bo Li davlat rahbariga Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevaning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Global moliya bozorlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

 

Ushbu nufuzli xalqaro institut bilan amaliy hamkorlikni, eng avvalo, o‘tgan yil sentabr oyida Nyu-York shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlar doirasida yanada mustahkamlashning asosiy jihatlari ko‘rib chiqildi.

 

O‘zbekistonda pul-kredit, valyuta va fiskal siyosatni takomillashtirish kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda jamg‘arma muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

 

Makroiqtisodiy siyosat strategiyasi va raqamli to‘lovlar tizimini rivojlantirish, kapital harakatini liberallashtirish, milliy statistika metodologiyasi va davlat daromadlarini boshqarishni takomillashtirish hamda erkin valyuta ayirboshlash kursini qo‘llab-quvvatlash masalalarida ekspertlik va texnik ko‘makni yanada kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

 

Mamlakatning iqtisodiy idoralari uchun kadrlar tayyorlash dasturlarini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.