Jahon

Qirg‘izistonda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi o‘zgardi

Sadir Japarov MXDQ raisi Jumg‘albek Shabdanbekovni boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod qildi.

Qirg‘izistonda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi o‘zgardi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) raisi Jumg‘albek Shabdanbekovni lavozimidan ozod etdi. Bu haqda prezidentning rasmiy saytida ma’lum qilindi.

 

Prezident farmoniga ko‘ra, Shabdanbekovni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qaror uning boshqa lavozimga o‘tkazilgani munosabati bilan qabul qilingan.

 

Shuningdek, Sadir Japarov Qirg‘iziston bosh prokurori Maqsat Asanaliyevning iste’fosini qabul qildi va uni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinladi.

 

“Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov imzolagan Farmonga muvofiq, Qirg‘iziston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasi 1-qismi 2-bandi va 71-moddalariga muvofiq Maksat Kubatovich Asanaliyev Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga Asanaliyev Maksat Kubatovichning nomzodi tasdiqlash uchun Qirg‘iziston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashiga taqdim etiladi”, — deyiladi xabarda.

 

Ma’lumot o‘rnida, 2026-yilning fevralida, Qamchibek Tashiyev ishdan olinganidan keyin Shabdanbekov Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi.

 

Qamchibek Tashiyev o‘shanda ishdan bo‘shatilishini kutmaganini aytgan. Qirg‘iziston prezidenti esa Tashiyev davlat xizmatiga qaytmasligini bildirgan. Jogorku Kenesh deputati Elvira Surabaldiyeva sobiq MXDQ rahbari davlat to‘ntarishiga urinishni tashkil qilgani sabab lavozimidan chetlatilganini ma’lum qilgandi.

 

Qamchibek Tashiyev hokimiyatni zo‘rlik bilan egallashga tayyorgarlik ko‘rish hamda mansab vakolatini suiiste’mol qilishda ayblanmoqda. Ish doirasida yana yetti nafar sobiq amaldor, jumladan, sobiq bosh prokuror Kurmankul Zulushev va sobiq parlament spikeri Nurlanbek Turg‘unbek uulu ham sudlanmoqda.

 

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.