Jahon

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyev va yana yetti nafar ayblanuvchiga 9 yil qamoq so‘raldi

Prokuratura hokimiyatni zo‘rlik bilan egallashga tayyorgarlik ko‘rganlikda ayblanayotgan sobiq amaldorlarga qat’iy jazo talab qildi.

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyev va yana yetti nafar ayblanuvchiga 9 yil qamoq so‘raldi

 

Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinish ishi bo‘yicha prokuratura barcha ayblanuvchilarni aybdor deb topish hamda ularga 9 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishini so‘radi. Bu haqda sudlanuvchilardan birining advokati Ikramidin Aytqulov ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, sud jarayonida tomonlarning yakuniy muzokaralari boshlangan va davlat ayblovchisi ish bo‘yicha barcha ayblanuvchilarga bir xil muddatdagi qamoq jazosini talab qilgan.

 

Mazkur ishning asosiy ayblanuvchilaridan biri Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Qamchibek Tashiyev bo‘lib, u hokimiyatni zo‘rlik bilan egallashga tayyorgarlik ko‘rish hamda mansab vakolatini suiiste’mol qilishda ayblanmoqda.

 

Ish doirasida yana yetti nafar sobiq amaldor, jumladan, sobiq bosh prokuror Kurmankul Zulushev va sobiq parlament spikeri Nurlanbek Turg‘unbek uulu ham sudlanmoqda.

 

Jinoyat ishi maxfiylashtirilgan bo‘lib, sud majlislari dastlab yopiq tarzda o‘tkazilgan. Keyinchalik advokatlar talabi bilan ayrim tinglovlar ochiq o‘tkazilgan bo‘lsa-da, hozirda sud jarayoni yana yopiq tartibda davom etmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov joriy yil fevral oyida Kamchibek Tashiyevni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod qilgan edi.

 

Shundan so‘ng hukumatda keng ko‘lamli kadrlar almashinuvi amalga oshirildi. Bir qator vazirlar hamda yuqori lavozimli mansabdorlar lavozimidan ozod etildi. Mazkur voqealar fonida yangi prezidentlik saylovlarini o‘tkazish talabi bilan murojaat imzolagan ayrim jamoatchilik faollari va sobiq amaldorlar ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan hibsga olingan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.