O'zbekiston

Toshkentda bolalarga zo‘ravonlik qilingan xususiy bog‘cha yopilishi mumkin

Bog‘chada bolalarning og‘ziga mato tiqilgani va qo‘li eshik bilan qisilgani aks etgan videolar ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda bolalarga zo‘ravonlik qilingan xususiy bog‘cha yopilishi mumkin

 

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Rayyan Kids Land nodavlat ta’lim tashkiloti faoliyati yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

 

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida mazkur ta’lim tashkiloti tomonidan litsenziya talablari va shartlarining 6 ta holatda qo‘pol ravishda buzilgani aniqlangan. Jumladan, 24-iyun kuni tarbiyachi A.G. tomonidan tarbiyalanuvchilardan biriga nisbatan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik qilingani ham ushbu qoidabuzarliklar qatoriga kiritilgan.

 

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, nodavlat ta’lim tashkiloti tomonidan litsenziya talablari bir marotaba qo‘pol ravishda buzilib, bu fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazishiga sabab bo‘lgan taqdirda, litsenziyani bekor qilishga asos bo‘lishi mumkin.

 

Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Rayyan Kids Landga berilgan litsenziyani bekor qilish yuzasidan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza kiritildi.

 

Eslatib o‘tamiz, Uchtepa tumanida joylashgan ushbu xususiy bog‘chada tarbiyachilarning bolalarga nisbatan nomaqbul munosabatda bo‘layotgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi. Videolarda ayrim bolalarga tazyiq o‘tkazilgani, bir bolaning og‘ziga mato tiqilgani va boshqasining qo‘li eshik bilan qisib qo‘yilgani aks etgan.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayrim tarbiyalanuvchilarning olgan tan jarohatlari bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.