Jahon

Rossiyada ayrim zapravkalarda amaldorlarga benzin navbatsiz berilmoqda

Saratov, Krasnodar, Chelyabinsk va Volgograd viloyatlaridagi ayrim yonilg‘i quyish shoxobchalarida davlat xizmatchilariga navbatsiz yoki xizmat guvohnomasi asosida benzin sotilayotgani aytilmoqda.

Rossiyada ayrim zapravkalarda amaldorlarga benzin navbatsiz berilmoqda

Rossiyaning Saratov, Krasnodar, Chelyabinsk va Volgograd viloyatlaridagi ayrim AYOQSHlarda davlat xizmatchilariga navbatsiz yoki alohida tartibda benzin sotilayotgani haqida xabarlar tarqaldi, deya ma'lum qildi Meduza.

 

Jumladan, Saratovdagi "Rosneft" yonilg‘i quyish shoxobchalaridan birida faqat xizmat avtomobillariga benzin quyilayotgani aytilmoqda. Bu imtiyozdan favqulodda xizmatlar xodimlari bilan bir qatorda tuman ma’muriyati, Davlat xizmatlari markazi va “Rossiya pochtasi” xodimlari ham foydalangan. Shuningdek, mijozlardan biri shunchaki “Hukumat” deb aytganidan so‘ng unga xizmat ko‘rsatilgan.

 

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, ushbu yoqilg‘i shoxobchasida xaridorlardan hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Shu bilan birga, bu yerda ham umumiy cheklov amal qiladi — bir avtomobilga sutkasiga 30 litrdan ortiq benzin quyilmaydi.

 

Krasnodarda esa shahar dumasi deputati Aleksandr Safronov e’lon qilgan videolarda ayrim “Rosneft” AYOQSHlarida benzin faqat xizmat guvohnomasini ko‘rsatgan davlat xizmatchilariga sotilayotgani aks etgan.

 

Shuningdek, Chelyabinsk–Yekaterinburg avtomobil yo‘lidagi yonilg‘i quyish shoxobchalaridan birida oddiy mijozlarga benzin yo‘qligi aytilayotgani, biroq davlat xizmatchilariga yonilg‘i sotish davom etayotgani xabar qilingan.

 

Volgograddagi “Gazprom” AYOQSHlaridan birida esa benzin faqat maxsus yonilg‘i kartasi egalari uchun sotilgani ma’lum qilingan. Bunday kartani istalgan fuqaro rasmiylashtirishi mumkin bo‘lsa-da, undan asosan favqulodda xizmatlar va mahalliy ma’muriyat xodimlari foydalanayotgani aytilmoqda.

 

Qayd etilishicha, Rossiyada so‘nggi haftalarda Ukraina dronlarining neft infratuzilmasiga hujumlari ortidan yoqilg‘i taqchilligi kuzatilmoqda. Mamlakatning ko‘plab hududlarida benzin sotuviga cheklovlar joriy etilgan va haydovchilar yonilg‘i quyish uchun uzoq navbatlarda turishga majbur bo‘lmoqda.

 

Shu bilan birga, Rossiya hukumati mamlakat ichki bozorida benzin taqchilligi jiddiy darajada emasligini ta’kidlamoqda.

 

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.