Jahon

Finlyandiya Fin qo‘ltig‘ining sharqiy qismida havo va dengiz yo‘llarini yopdi

Mazkur chora Rossiyaning shimoli-g‘arbiy hududlariga uyushtirilgan dron hujumlari ortidan qo‘llanildi.

Finlyandiya Fin qo‘ltig‘ining sharqiy qismida havo va dengiz yo‘llarini yopdi

Finlyandiya Rossiyaning shimoli-g‘arbiy hududlariga uchuvchisiz uchish apparatlari hujumlari fonida Fin qo‘ltig‘ining sharqiy qismida havo va dengiz qatnoviga vaqtinchalik cheklovlar joriy etdi. Bu haqda mamlakat Mudofaa kuchlari ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Kommersant.

 

Qayd etilishicha, cheklovlar shanba kuni erta tongda ehtiyot chorasi sifatida kuchga kirgan. Shu bilan birga, Rossiyaga dronlar hujumi amalga oshirilgan kechada Finlyandiya Harbiy-havo kuchlari ham jangovar shay holatga keltirilib, harbiy samolyotlar havoga ko‘tarilgan.

 

Finlyandiya Bosh shtabining aloqa departamenti vakili Yere Paldaniusning Helsingin Sanomat nashriga ma’lum qilishicha, cheklovlar Rossiyaga uyushtirilgan dron hujumlari sabab joriy etilgan.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, zarurat tug‘ilganda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda vakolatli organlarning samarali harakat qilishi uchun havo kuzatuvi kuchaytirilgan.

 

Bu Finlyandiyaning Fin qo‘ltig‘i ustida qisqa muddat ichida joriy etgan ikkinchi cheklovi bo‘ldi. Mamlakat avval ham 2-iyul kuni ushbu hududda havo va dengiz qatnoviga vaqtinchalik cheklovlar kiritgan edi.

 

Ayni kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri keng ko‘lamli dronlar hujumiga uchradi. Rossiya ma’lumotlariga ko‘ra, 72 ta uchuvchisiz uchish apparati urib tushirilgan. Shaharning Kirov tumanidagi neft terminaliga zarba berilgan, urib tushirilgan dronlardan biri esa Petergof hududiga qulagan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.