O'zbekiston

Samarqandda transport sohasiga bag‘ishlangan "Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

Tadbir 15–16-iyul kunlari Jomboy tumanidagi "Sof Expo" ko‘rgazma markazida bo‘lib o‘tadi.

Samarqandda transport sohasiga bag‘ishlangan "Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

Joriy yilning 15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi "Sof Expo" ko‘rgazma markazida transport sohasiga bag‘ishlangan "Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

 

Ko‘rgazma Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Transport vazirligi hamda transport sohasidagi yirik davlat buyurtmachilari va tarmoq korxonalari hamkorligida tashkil etilmoqda.

 

"Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmalari yirik davlat va korporativ buyurtmachilarning ehtiyojlari asosida mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamda yangi ishlab chiqarish loyihalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi doimiy platforma hisoblanadi.

 

Mazkur platformaning amaliy natijalari joriy yil may oyida Ohangaronda o‘tkazilgan Tog'-kon va metallurgiya sohasiga bag'ishlangan ilk ko‘rgazmada ham o‘z aksini topdi. Yakuniga ko‘ra 2,7 trillion so‘mlik qo‘shimcha kelishuv va shartnomalarga erishildi, qariyb 1 milliard dollarlik mahsulotlarni mahalliylashtirish bo‘yicha istiqbolli loyihalar shakllantirildi.

 

Navbatdagi ko‘rgazmada transport sohasidagi yirik davlat buyurtmachilarining amaldagi va istiqboldagi xarid ehtiyojlari taqdim etiladi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar esa o‘z mahsulotlari, butlovchi qismlari, texnologik yechimlari hamda import o‘rnini bosuvchi ishlanmalarini namoyish etish imkoniga ega bo‘ladi.

 

Tadbir doirasida davlat xaridlari, mahalliylashtirish, sanoat kooperatsiyasi, logistika va investitsiyalar yo‘nalishlarida amaliy uchrashuvlar, shuningdek, B2B va B2G formatidagi muloqotlar ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 

Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlangan. Tadbir 15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi "Sof Expo" ko‘rgazma markazida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatga olish boshlanadi: jarayon 30-noyabrgacha davom etadi

O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatga olish boshlanadi: jarayon 30-noyabrgacha davom etadi

Respondentlar haqidagi ma’lumotlar sir saqlanib, faqat statistik maqsadlarda ishlatiladi.

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Sud binosidagi janjal: holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sud binosidagi janjal: holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Aktyor Bilol Isxakov avvalroq Prezident va Prezident Administratsiyasi rahbariga murojaat qilgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bokuga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bokuga bordi

O‘zbekiston rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

X xalqaro “Yevrosiyo ko‘prigi” kinofestivali: Rashid Malikovning filmi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

X xalqaro “Yevrosiyo ko‘prigi” kinofestivali: Rashid Malikovning filmi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

Inson taqdiri haqidagi hikoya xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident kutilgan qonunni imzoladi

Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident kutilgan qonunni imzoladi

14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Avtobus tozaligiga beparvolik qimmatga tushdi: uch mexanik jarimaga tortildi

Avtobus tozaligiga beparvolik qimmatga tushdi: uch mexanik jarimaga tortildi

Toshkentda 66-yo‘nalishdagi avtobusning sanitariya holati ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilingan.

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari arzonlashadi: bojxona yig‘imi 20 foizga tushiriladi

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari arzonlashadi: bojxona yig‘imi 20 foizga tushiriladi

Bundan tashqari, ayrim logistika markazlari 2040-yilgacha yer va mol-mulk soliqlaridan ozod qilinadi.