O'zbekiston

Toshkent metrosida poyezdlar harakatida uzilish kuzatildi

“Paxtakor” bekatida odam haddan tashqari ko‘payib ketganidan havo isib, yo'lovchilardan ayrimlarining mazasi qochgan.

Toshkent metrosida poyezdlar harakatida uzilish kuzatildi

9-iyul kuni soat 20:02 atrofida Chilonzor yo‘nalishida "Xalqlar do‘stligi" va "Paxtakor" metro bekatlari oralig‘ida harakatlanayotgan eski turdagi poyezdda texnik nosozlik aniqlandi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar poyezddan tushirilgan, nosoz tarkib esa boshqa poyezd yordamida texnik ko‘rik yo‘lagiga olib ketilgan. Shu sababli Chilonzor yo‘nalishida poyezdlar harakati taxminan 8 daqiqaga to‘xtab qolgan. 

 

“Hozirgi vaqtda metropolitenning barcha yo‘nalishlarida poyezdlar belgilangan harakat jadvali asosida qatnovni davom ettirmoqda. Yo‘lovchilarimizdan yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

 

Voqea joyida bo‘lgan Zamon.uz muxbiriga ko‘ra, texnik uzilish kuzatilgach, “Paxtakor” bekatida odam haddan tashqari ko‘payib ketganidan havo isib, yo'lovchilardan ayrimlarining mazasi qochgan. 

 

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

custom img

COP17: O‘zbekistonda yerlarni tiklash uchun yangi investitsiya tashabbuslari ilgari surildi

Tadbirda Qoraqalpog‘iston tajribasi, yerlarni tiklash loyihalarini moliyalashtirish va yangi ilmiy-amaliy markazlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Cho‘llarni o‘zlashtirgan dehqondan usta-naqqoshgacha — fidoyi yurtdoshlar mukofotlandi

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning dehqonchilikni rivojlantirish va cho‘llarni o‘zlashtirishdagi mehnati alohida e’tirof etildi.

custom img

558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev barcha yutuqlar xalqning fidokorona mehnati bilan qo‘lga kiritilayotganini ta’kidladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi

Prezident Yangi O‘zbekistonning so‘nggi o‘n yillikdagi asosiy natijalarini qayd etdi.

custom img

“35 yil — tarix uchun juda qisqa davr, ammo asrga tatigulik davr bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident ishtirokida davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekiston Milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Uxnaagiyn Xurelsux O‘zbekistonda ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"