O'zbekiston

"Qamchiq" dovonida Lacetti yonib ketdi

Haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtomobil yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilgan. U o‘z vaqtida mashinani tark etib, xavfsiz joyga chiqqan.

"Qamchiq" dovonida Lacetti yonib ketdi

"Qamchiq" dovonidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lida harakatlangan Lacetti rusumli yengil avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 11-iyul kuni soat 17:50 da "Qamchiq" maxsus qutqaruv boshqarmasiga "Toshkent–Vodiy" yo‘nalishida harakatlanayotgan avtomobilda yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, avtomobil yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilgan. To‘qnashuv natijasida transport vositasining elektr tizimida qisqa tutashuv yuzaga kelib, kichik ko‘lamdagi yong‘in kelib chiqqan.

 

Qayd etilishicha, avtomobilda yolg‘iz bo‘lgan haydovchi o‘z vaqtida mashinani tark etib, xavfsiz joyga chiqqan. Voqea joyiga yetib borgan "Qamchiq" maxsus qutqaruv boshqarmasi xodimlari yong‘inni qisqa fursatda to‘liq o‘chirgan.

 

Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonning Badaxshon hududida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida olib boriladigan rejali ta’mirlash ishlari sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

2026-yilning dastlabki sakkiz oyida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,4 foizga o‘sdi.

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning ota-onalari va murabbiylariga ham minnatdorlik bildirdi.

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.